Главная » 2017 » Октябрь » 03
Mutaxassislar Samsung kompaniyasi o'zining asosiy raqobatchisi Apple’ning iPhone X smartfonidan qancha daromad olishini hisoblab chiqishdi. Aniqlanishicha, koreys kompaniyasi har bir sotilgan gajyetdan 110 dollar atrofida oladi.

Mutaxassislar iPhone X’da ishlatilgan bo'lishi mumkin bo'lgan Samsung’ning butlovchi qismlari narxini tahlil qilib, shu fikrga kelishgan.

Samsung tomondan ayfon uchun ishlab chiqilgan eng qimmat qism OLED-ekran hisoblanadi. Biroq, tahlilchilar fikricha, Samsung kompaniyasi Apple uchun batareya va kondtsiionerlar ham yaratgan.

"Samsung iPhone X’ning turli qismlari sababli o'zining Galaxy S8 smartfoni detallarini ishlab chiqarishdan 4 mlrd dollar ko'proq ishlab topadi", deyishgan mutaxassislar.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 237 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 03.10.2017 | Комментарии (0)

Joriy yilning 27-28 sentabr kunlarida «O'zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi» AJda avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini sotish bo'yicha savdolar o'tkazildi. «O'zRTXB» AJ matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, savdolar mobaynida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxslar uchun 36ta «oltin» avtoraqam va yuridik shaxslar uchun 6ta lot sotildi.

O'tkazilgan onlayn savdolarning natijalari «oliy toifali» avtomobil raqamlarga bo'lgan talab yuqori ekanligini namoyon etdi. Raqobatli savdolar davomida ayrim lotlar bo'yicha boshlang'ich narxlar bir necha marotaba ko'tarilib, 70 mln so'mdan oshdi.

Umuman olganda O'zRTXB ning www.avtoraqam.uzex.uz tizimi ishga tushirilgan paytdan boshlab auksion savdolarda qiymati 2,0 mlrd so'mdan yuqori 110dan ziyod avtotransport vositalari uchun davlat raqami belgilari sotildi.

Eng faol xaridorlar — Toshkent va Toshkent viloyati a ... Читать дальше »
Просмотров: 219 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 03.10.2017 | Комментарии (0)