Главная » 2017 » Октябрь » 05
Rossiyalik haydovchilar yapon mashinalarida harakatlanishni afzal ko'rishadi. Bundan "Avtostat" tahlil agentligi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari darak bermoqda.

Rossiyada 25 milliondan ziyod yengil xorijiy mashinalar ro'yxatga olingan, ular orasida "yaponlar" ulushi 37 foizni (9,4 million) tashkil etadi. Ulardan so'ng Koreya avtokonsernlari bor, ularning parki 4,3 mln. avtomobilni (jami sondan 17%) tashkil etadi. Uchinchi o'rinni esa nemis ishlab chiqaruvchilari (4,2 million mashina) egallaydi.

Keyingi pog'onalardan amerikaliklar (3,1 million) va fransuzlar (2,1 million) avtomobili joy olgan. Chexiya va xitoylik markalarga avtomobil parkining 3 va 2 foizi tegishli. Boshqa brendlarning ulushi esa 1,5 foizni tashkil qiladi.

Avvalroq, "Avtostat" boshqa bir tadqiqoti natijalarini e`lon qilgandi. Unga muvofiq, 2017 yilning 1 iyul holati bo'yicha Rossiyadagi eng mashhur xorijiy avtomobilga Ford Focus aylandi. Reytingda ikkinchi o'rinni Toyota ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 74 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 05.10.2017 | Комментарии (0)

Shvetsiyaning Telia Company telekommunikatsiya holdingi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasi nazorat qiladigan aloqa operatori «Megafon»dagi aksiyalarini sotdi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko'ra, 6,2 foizlik ulush (38,5 million aksiya) 392,7 million dollarga sotilgan. Bir aksiya 585 rublga baholangan (22,522 mlrd rubl).

«Telia ''Megafon''dagi aksiyalarining 6 foizdan ortiq qismini taxminan 3,2 mlrd shved kronasiga (391,7 mln dollar) sotdi», — deyilgan Telia bayonotida.

«Interfaks» xabariga ko'ra, bu kelishuvda bir aksiya bahosi Moskva birjasida dushanba kungi baholardan 8,45 foizga arzon bo'ldi. Dushanba kungi savdolarda «Megafon»ning bir dona aksiyasi 639 rublga baholangandi.

USM Holdings Rossiyadagi yirik aloqa operatorlaridan biri — «Megafon»ning nazorat qiluvchi aksiyadorlaridan biridir (56,32 foiz); Telia ham mazkur operator egalaridan biri sanalardi (25,17 foizlik ulush). Endi shved kompaniyasining ulushi ... Читать дальше »
Категория: Mobil operatorlar | Просмотров: 90 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 05.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 3 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to'lovlari uchun xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko'ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 25 sentabr kuni o'rnatilgan kursga nisbatan 6,16 so'mga pastlagan va 8060.80 so'mga teng bo'lgan.

Bir yevro esa 132.29 so'mga arzonlab, 9494.01 so'mni tashkil etgan. 1 Rossiya rubli esa 0.14 so'mga arzonlab, 139.91 so'mni tushgan.

1 AQSh dollari 8060,80

1 YeVRO 9494,01

1 Rossiya rubli 139,91

1 Angliya funt sterlingi 10778,90

1 Yaponiya iyenasi 71,47

1 Janubiy Koreya voni 7,04

1 Quvayt dinori 26713,50

1 Malayziya ringgiti 1906,08

1 Kanada dollari 6456,90

1 Xitoy yuani 1211,55

1 Singapur dollari ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 87 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 05.10.2017 | Комментарии (0)

4 oktabr kuni Saudiya Arabistoni Salmon bin Abdul Aziz Al Saud saudiyalik podsholar orasida birinchi bo'lib Moskvaga keldi. Uning tashrifi 7 oktabrgacha davom etadi.

Qayd etish joiz, Rossiya hukumati mazkur tashrifga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. 2-8 oktabr kunlari Moskvada ilk marotaba Saudiya Arabistoni madaniy haftaligi bo'lib o'tadi. Shahar ko'chalarida bilbordlar o'rnatildi. Vnukovo aeroportidan shahargacha bo'lgan yo'llarning chekkalariga podshohni olqishlovchi so'zlar osib chiqildi.

Rossiyada Saudiya monarxining tashrifini tarixiy deb baholamoqda. 5 oktabr kuni Moskvada Vladimir Putin bilan, 6 oktabrda Dmitriy Medvedev uchrashadi.

Ming kishilik delegatsiya a`zolari qayerda va qanday yashaydi

3 oktabr kuni «Kalashnikov» konserni tashqi aloqalar direktori Sofiya Ivanovaning Facebook sahifasida yozishicha, Moskvadagi 5 yulduzli mehmonxona «barcha do'konlari va restoranlari bilan yopilgani haqida» «kutilmaganda bilib qolgan». Uning s ... Читать дальше »
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 87 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 05.10.2017 | Комментарии (0)