Главная » 2017 » Октябрь » 11
Mail.Ru Group xodimlari Rossiya, Belarus, Qozog'iston va O'zbekiston maktablarida IT bo'yicha darslar o'tkazadi.

Asosiy maqsadlar – maktab o'quvchilariga o'z professional kelajagini aniqlashtirib olishga yordam ko'rsatish, ularni sifatli ta`lim olishga rag'batlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash. Aktsiya 13 oktabr kuni Rossiyaning 34 mintaqasi, shuningdek, Belarus, Qozog'iston va O'zbekistonda bo'lib o'tishi mo'ljallangan.

«IT-bilimlar Kuni» aksiyasi doirasida Mail.Ru Group xodimlari o'zlari ta`lim olgan o'quv muassasalarida IT-sohaning hozirgi hamda kelajakdagi holatiga bag'ishlangan taqdimot darsini o'tkazishadi. O'quvchilar bugun mehnat bozorida aynan qanday IT-mutaxassislarga ehtiyoj borligi, hamda 10-15 yildan so'ng bu vaziyat qanday o'zgarishi, o'zining IT-biznesini qanday yaratish hamda raqamli hayotga moslashish uchun texnologiyalar haqida nimalarni bilish muhimligi borasida ma`lumot olishadi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 51 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 11.10.2017 | Комментарии (0)

«O'zbektelekom» AK 2017 yil 6 oktabrda e`lon qilingan o'zgarishlar bekor qilinganligini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, ilgari tasdiqlangan, 2016 yil 1 iyulda kiritilgan «Telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi» 125 1/1 sonli preyskurant amal qilishda davom etadi.

Avvalroq, «O'ztelekom» milliy operatori o'z saytida 2017 yilning 20 oktabridan e`tiboran telekommunikatsiyalar universal xizmatlariga yangi narxlar joriy etilayotgani haqida xabar bergandi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 59 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 11.10.2017 | Комментарии (0)

11 oktabr kuni "O'zbekengilsanoat" AJ binosida eskizlar asosida ishlab chiqilgan maktab formalari namunalari ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada "Sharq liboslari dizayn markazi" hamda "O'zbekengilsanoat" AJ tizimidagi korxonalar tomonidan eskizlar yaratilib, namunalar asosida ishlab chiqildi.

Tadbirda "O'zbekengilsanoat" AJ tizimidagi 50ta trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan 12tasi o'z tayyor mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Ular orasida "Sharq liboslari dizayn markazi", "Istiqlol tekstil" (Ideal), "Jannati Bibixonim", "High Fashion Group", "Koson universal", "Cotton Road", "Bagira Tex", "Gulmira Tekstil", "EKO planeta", "Ferangiz Fashion", "Urganch Bahmal", "Tumaris Tekstil" kabi korxonalarni uchratish mumkin.

Ko'rgazma davomida bolalar turli yoshlarga mo'ljallangan bahor, kuz va qish mavsumiga mos maktab formalarini namoyish qilishdi. Kun.uz muxbiri mazkur tadbirda ishtirok etib, yangi maktab formalari namunalaridan fotoreportaj t ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 46 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 11.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi №809-qarori bilan O'zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalaridagi harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalari haqidagi Nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.uz.

O'quv bo'linmalari — oliy o'quv yurtlarining zaxira va rezerv zobitlari tayyorlanadigan sikllari va kurslari, harbiy kafedralari, harbiy o'quv fakultetlaridir. Harbiy tayyorgarlikni kunduzgi bo'limda o'qiydigan yigit talabalar, shuningdek, tibbiyot oliy o'quv yurtlarining jinsidan qat`i nazar barcha talabalari (o'qiyotgan ayollar jami talabalar sonining 10 foizidan oshmasligi kerak) o'tashadi.

Harbiy tayyorgarlikni rektorning shu xususdagi bo'yrug'i e`lon qilingan kuni 27 yoshdan kichik bo'lgan, salomatligi nuqtai nazaridan sog'lom, tanlovdan o'tgan talabalar o'tashadi.

Harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalariga talabalarni tanlov asosida tanlab olishning asosiy mezonlari quyidagicha:

1. Tibbiy tekshiruvdan o't ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1 ·Картинка 2
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 51 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 11.10.2017 | Комментарии (0)