Главная » 2019 » Январь » 16
O‘zbek musiqa san'ati rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, taniqli bastakor Anor (Anorqul) Nazarov bugun, 2019 yilning 16 yanvar kuni og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda «kun.uz» xabar berdi.

Anorqul Mamadovich Nazarov 1950 yil 5 iyunda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tavallud topgan. 1968 yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlab, 1968-1985 yillarda A.Navoiy nomidagi DAKT orkestri solisti, 1985-1987 yillarda Toshkent shahar musiqa ansambllari jamoasining bosh dirijyori, 1986-1996 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1996-2000 yillarda “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi bosh direktori, 2000-2002 yillarda esa badiiy rahbari lavozimlarida  faoliyat yuritgan. 

Bastakorning faoliyati asosan estrada musiqa san'ati  bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, o‘ziga xos mustaqil uslubiy ijodi ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 246 | Добавил: Admin | Дата: 16.01.2019 | Комментарии (0)

15-yanvar kuni Yunusobod tumanidagi 7-sonli ichki ishlar bo‘limida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ishtirokida OAV xodimlari uchun brifing tashkil etildi. “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova Rustam Jo‘rayev tomonidan keltirilgan ma’lumotlarning asosiylariga e’tibor qaratdi

 

Jinoyatchilik sezilarli darajada kamaydi

 

2018-yilda hokimiyat, mudofaa, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, prokuratura, mahalla, milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati bilan olib borgan chora-tadbirlarimiz natijasida Toshkent shahrida jinoyatchilik 49 foizga kamaydi. 2018-yilda 4969 ta jinoyat qayd etilgan. Qotillik, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish kabi jinoyatlar kamaydi. Talonchilik 51 foizga kamaydi. Ya’ni 2017-yilda 245 ta talonchilik jinoyati sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilda 120 tani tashkil etdi.

 

Bosqinchilik 52,9 foizga kam ... Читать дальше »

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 309 | Добавил: Admin | Дата: 16.01.2019 | Комментарии (0)

15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100 000 so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma'qulladi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda ko‘ra muomalaga chiqarilmoqda:

 

- aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;

- naqd pullarni saqlash va tashish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish;

- aholiga bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatishda samaradorlikni oshirish;

- muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.

 

100 000 so‘m qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatmaydi, deyiladi xabarda.

 

Yangi nominaldagi banknotning ko‘rinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi. ... Читать дальше »

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 299 | Добавил: Admin | Дата: 16.01.2019 | Комментарии (0)