Главная » 2019 » Январь » 17
17-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi “F” guruhida 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

So‘nggi turda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa favoritlardan biri Yaponiya termasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida Eldor Shomurodov o‘ng qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi va ikki nafar futbolchini aldab, o‘ng oyog‘i bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Eldorning musobaqadagi 4-goli bo‘ldi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib, Yoshinori Muto Sei Muroya uzatmasini boshi bilan Ignatiy Nesterov darvozasiga kiritdi (1:1).

2-bo‘limning 58-daqiqasida Tsukasa Shiotani uzoq masofadan kuchli zarb bilan darvozani ishg‘ol qildi (2:1).

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi guruh bahslarini 2-o‘rinda tugalladi. Endi O‘zbekiston termasi musobaqaning 1/8 finalida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Категория: Fudbol yangiliklari | Просмотров: 282 | Добавил: Admin | Дата: 17.01.2019 | Комментарии (0)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevni “Ahmadobod” xalqaro aeroportida Hindiston rasmiy shaxslari kutib oldi.  

O‘zbekiston prezidenti 18 yanvar kuni Gandinagar shahriga tashrif buyurib, «Jo‘shqin Gujarat» sammitida ishtirok etadi hamda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan 2003 yildan buyon Gandinagar shahrida o‘tkazib kelinayotgan “Jo‘shqin Gujarat” sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakchi tahlilchilar, ekspertlar ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 30 sentabr – 1 okt ... Читать дальше »
Просмотров: 228 | Добавил: Admin | Дата: 17.01.2019 | Комментарии (0)

AQSh raketalardan mudofaa bo‘yicha yangi strategiyasi mamlakat yadro qurolini Rossiya va Xitoyni tiyib turishning asosiy vositasi sifatida ko‘rishda davom etishni nazarda tutatdi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoydan “ehtimoliy yadroviy tahdidlarni” tiyib turish uchun yadro quroliga tayanishda davom etadi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp har ikki davlat bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishni maqsad qilgan.

Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, AQSh raketalardan mudofaa tizimlari imkoniyati ko‘p jihatdan “yakkalatib qo‘yilgan davlatlar”, jumladan, Eron tomonidan ehtimoliy tajovuzkorlikni qaytarish uchun mo‘ljallangan
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 221 | Добавил: Admin | Дата: 17.01.2019 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning O‘zA'ga bergan intervyusida aytishicha, ichki ishlar organlari internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib bormoqda.

«Biz Internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib borib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan bildirilgan har bir fikrning asosliligini tekshirib, sinchkovlik bilan o‘rganib boryapmiz. Safimizni nopok xodimlardan tozalashga qaratilgan tadbirlar kelgusida ham qat'iyat bilan davom ettiriladi», - dedi u. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yil ichki ishlar organlari uchun islohotlarga boy yil bo‘lgan. Davlat rahbarining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlangan.

«Endilikda Prezidentimiz qayd etganidek, biz qanchalik qiyin bo‘lmasin, chekka-chekka hududlarda ham “Jinoyat haqiqati va adolati” tamoyilini albatta joriy etishimiz kerak. Ya'ni jinoyat so‘zsiz fosh etilishi va aybdor jazolanishi shart», - deydi Po‘lat Bobojono ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 320 | Добавил: Admin | Дата: 17.01.2019 | Комментарии (0)

2019 yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.

Foto: TIV axborot xizmati

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida 2019 yil uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston – Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Elchi joriy yil aprel oyida Pekin shahrida o‘tkaziladigan «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekiston prezidenti nomiga yo‘llangan Xitoy tomonining rasmiy taklifnomasini topshirdi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida oliy darajadagi O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvini o‘tkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Xitoy elchisi bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 309 | Добавил: Admin | Дата: 17.01.2019 | Комментарии (0)