Главная » 2019 » Январь » 20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga jo‘nab ketdi.

«Davlatimiz rahbarining hamma sa'y-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta – xalqimiz manfaatini ta'minlash. Iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar ko‘zlangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Tashrif doirasida Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayyer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar o‘tkaziladi.

Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar, fan-ta'lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 248 | Добавил: Admin | Дата: 20.01.2019 | Комментарии (0)

Meksikaning Idalgo shtatida yonilg‘i quvuridagi portlash va yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 nafarga yetdi, 73 kishi jarohat olgan. Bu haqda shtat gubernatori Omar Fayoz ma'lum qildi. 

Portlash 18 yanvarda Tlauelilpan shahrida quvur kesilgan joyda yuz bergan. Fojia joyida 350 ga yaqin kishi quvurdan otilib chiqayotgan yonilg‘ini bidon va kanistrlarga yig‘ish uchun to‘plangan bo‘lgan. 

Jarohatlanganlardan ba'zilari ikkinchi va uchinchi darajali kuyish jarohatlari olishgan.
Manba: Kun.uz
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 270 | Добавил: Admin | Дата: 20.01.2019 | Комментарии (0)