Главная » 2019 » Январь » 25
Respublika Gidrometeorologiya markazidan xabar berilishicha, 26-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 d ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 314 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2019 | Комментарии (0)

Xitoyning “sirli va eng mukammal” qit'alararo ballistik raketasi DF-41 Pekinda 2019 yil 1 oktyabrda Xitoy tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan paradda namoyish qilinishi mumkin. Bu haqda CCTV’ga iqtibos keltirgan holda Global Times nashri ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, xitoylik harbiylar yanvarda DF-41’ning sinovlarini davom ettirishgan.

CCTV telekanalida ta'kidlanishicha, Xitoy ballistik raketalarining uch avlodi (DF-5, DF-31 va DF-41) bir necha o‘n metr og‘ish bilan 10 ming kmdan ziyodroq uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qila olishi mumkin. 

DF-41 Xitoyning eng kuchli raketasi hisoblanadi. Turli manbalarga ko‘ra, uning uchish uzoqligi 13-15 ming kmni tashkil qiladi. Taxmin qilinishicha, raketa 25 Max soni (1 Max taxminan 1200 km/soat) tezligida ucha oladi va 12 ta individual nishonga olish blokiga ega, bo‘linuvchi kallakni tashishi mumkin.
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 316 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2019 | Комментарии (0)