Главная » 2019 » Март » 06
“O‘zgidromet” 7-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4o iliq, kunduzi 13-15o iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5o iliq, kunduzi 10-15o iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7o iliq, kunduzi 12-17o iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7o iliq, kunduzi 12-17o iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Haror ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 308 | Добавил: Yoshjurnalist | Дата: 06.03.2019 | Комментарии (0)

Zarnews nashri muxbiri Amir Temur maqbarasiga ziyorat jarayonida u yerdagi vaziyatdan keskin norozi bo‘ldi va bu haqdagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Dam olish kuni onamni Amir Temur maqbarasiga olib bordim. Maqsadimiz — ulug‘ sarkarda bobomiz qabrini ziyorat qilish edi. Maqbaraga yaqinlasharkanmiz, u yerdagi avtobus va yengil mashinalarning ko‘pligidan qadamjo ziyoratchilar bilan gavjumligini angladim.

Yo‘lak bo‘ylab buyuk sarkarda Amir Temur qabr toshi o‘rnatilgan xonaga kirdik. Ichkarida odam nihoyatda ko‘p ekan. Xona chetidagi o‘tirg‘ichdan joy olib, fotiha o‘qiy boshladik. Yonimizga bir guruh ziyoratchilar kelib qo‘shildi. Ular ham duoga qo‘l ochib, Qur’on o‘qiy boshladi. Shu payt qarshimizda paydo bo‘lgan chet ellik suratkashlar bizni suratga ola boshladi. U yerdagi holatdan ajablanib, atrofni kuzatdim. Ziyoratga kelganlar sohibqiron bobomizni yod olish o‘rniga uning qabr toshi oldida guruh-guruh bo‘lib suratga tushmoqda! G‘ala-g‘ovur ovozdan xuddi bozorda ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 294 | Добавил: Yoshjurnalist | Дата: 06.03.2019 | Комментарии (0)

Bundan bir necha kun oldin uyushtirilgan suhbat davomida 2-3 ta xususiy kinolarda suratga tushgan bo‘lsa-da, o‘zini yulduz deb hisoblaydigan Azamat Ahrorov jurnalistning ba’zi qitmir savollariga javob berishiga to‘g‘ri keldi. Undan «Sizga qaysi aktrisalar mos tushadi», deb so‘rashganida u uch nafar aktrisaning nomini aytdi. Birinchisi, Sug‘diyona Isroilova, ikkinchisi – Dilnoza Kubayeva, uchinchisi – Gulchehra Eshonqulova.

Azamat, ayniqsa, Gulchehra Eshonqulova bilan biror filmda rol etish niyati borligini qizg‘in ta’kidladi.
Категория: Shou biznes yangiliklari | Просмотров: 292 | Добавил: Yoshjurnalist | Дата: 06.03.2019 | Комментарии (0)

Farg‘ona viloyati tarixiy obidalari, zamonaviy inshootlari, ayniqsa, maftunkor tabiati bilan sayyohlar e’tiborini tortmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“O‘tgan yili 61 ming 200 nafar xorijiy, 742 ming nafar mahalliy sayyohga xizmat ko‘rsatildi. Germaniya, Fransiya, Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya singari davlatlardan tashrif buyuruvchilar har yilgidan ko‘proq bo‘lib, bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 3 barobar oshgan. Tarixiy, madaniy, ziyorat, agro, sog‘lomlashtirish, gastronomik turizm kabi yo‘nalishlarda tegishli dasturlar ishlab chiqilib, viloyatdagi 22 turoperatorlik firmalari bilan hamkorlikda sayohatlar tashkil etilmoqda”, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Temirov.

O‘tgan yili Marg‘ilon shahrida “Atlas”, Qo‘qon shahrida “Silk road Kokand”, “Asr”, “Asmald hotel” kabi mehmonxonalar ishga tushirilgan. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi 10 ta restoran va umumovqatlanish obyek ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 282 | Добавил: Yoshjurnalist | Дата: 06.03.2019 | Комментарии (0)