Главная » 2019 » Март » 07
O‘zbekistonda «O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston» va «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yangi transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha ishlar faollashtiriladi hamda tezlashtiriladi.

Transport-logistika sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazishga oid tadbirlar rejasida aytilishicha, bu temir yo‘llarni loyihalashtirish va qurish masalalari bo‘yicha xalqaro muzokaralarda ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 sentabr. Mas'ullar - Transport vazirligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari», Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 286 | Добавил: Yoshjurnalist | Дата: 07.03.2019 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilab qo‘yilishicha, 2019 yil 1 maydan:

ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilinadi;

tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta'sir etishi mumkin bo‘lgan soha yoki kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi;

bola parvarishlash ta'tilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qo‘shimcha bir oy nafaqa to‘lanadigan bola parvarishlash ta'tili beriladi;

ikki yoshga to‘lmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 294 | Добавил: Yoshjurnalist | Дата: 07.03.2019 | Комментарии (0)