Главная » 2017 » Октябрь » 7 » Ahmadjon Odilov Mirziyoyev haqida nima degandi?
19:31
Ahmadjon Odilov Mirziyoyev haqida nima degandi?
KUN.UZ tahririyatiga taniqli jamoat arbobi Ahmadjon Odilovning o'limidan biroz avval O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida o'z fikrlarini bildirib o'tgan video kelib tushdi.

“Qalbimda to'lib turgan gaplar ko'p. Mirziyoyevning tarjimai holini o'qidim. Yoshlikdan qiynalib o'sgan, Alloh bergan kuchi ko'p ekan. Kuchidan g'ayrati, g'ayratidan ko'ra rejasi ko'p ekan. Lekin, shunga biz hammamiz, millionlar, qo'shni mamlakatlar bilan bir bo'lib yordam qilsak, amalga oshadigan gaplarni gapirmoqda. Biroq, shu turishda hamma bir bo'lib yordam bermasa, juda qiynalib qolish xavfi bor. Shunga kuch-quvvat tilayman. Kuchidan ko'ra rejasini, mo'ljaldagilarini amalga oshirishda hamma bir bo'lib yordam qilishini butun xalqdan iltimos qilaman. Mirziyoyevga kuch-quvvat, baxt-omad hamroh bo'lsin, ishlariga omad tilayman”, - degan videoda Ahmadjon Odilov.

Eslatib o'tamiz, Odilov 27 sentabr kuni 92 yoshida olamdan o'tdi.

Ahmadjon Odilov 1925 yilning 1 mayida Namangan viloyati Pop tumanining G'urumsaroy qo'rg'onida dunyoga kelgan. 1960-70-yillarda Pop tumanidagi Lenin nomli kolxoz raisi bo'lgan. 1970-yillar oxirida Pop tumani agrosanoat kompleksiga rahbarlik qilgan. 1980-yillar o'rtasida SSSR prokuraturasi tergovchilari Gdlyan va Ivanov tomonidan «Paxta ishi» bo'yicha ayblanib qamalgan va Butirka qamoqxonasida o'tirgan. O'zbekiston mustaqillikka erishishganidan so'ng — 1991 yilning dekabrida qamoqdan ozod etilgan. 1993 yilning 26 iyunida Qo'qon shahar sudi uni 5 tonna mineral o'g'itlar o'g'irlaganlikda ayblab, 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Keyinchalik sovet davrida qilgan iqtisodiy jinoyatlari uchun yana 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Umumiy hisobda u yana 16 yil qamoqda o'tirib, 2008 yilning 5 iyunida 83 yoshida ozodlikka chiqqan edi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 73 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: