Главная » 2017 » Октябрь » 10 » Aksilreyting: Dunyoning eng iflos 7 shahri
19:48
Aksilreyting: Dunyoning eng iflos 7 shahri
Iflos havo yiliga deyarli 3,3 million kishining hayotiga zomin bo'ladi. Olimlarning ta`kidlashicha, 2050 yilga borib bu ko'rsatkich ikki barobarga ko'payadi. Xulosalar havoda materiyaning qattiq zarrachalari miqdori hisobidan kelib chiqadi. Bu yerda raqam zarrachaning mikronlardagi diametrini bildiradi. Bu zarrachalar tutun va chiqindi gazlari tarkibida bo'ladi. Ular organizmda astma va surunkali o'pka kasalliklari kabi uzoq davom etuvchi muammolarni keltirib chiqaradi.

Afsuski, bugunga kelib havoning ifloslanish darajasi dunyo xaritasidagi aksariyat mamlakatlar hukumatlarini u qadar tashvishga solmayapti. Ba`zi shaharlarda o'rtacha umr ko'rsatkichi yildan-yilga qisqarib bormoqda, biroq mahalliy aholining boradigan boshqa joyi yo'q. Don'tPanic "havo aksilreytingi" yetakchiligida dunyoning nafas olish juda og'ir bo'lgan yetti shahri haqidagi ma`lumot bilan bo'lishdi.



Lakxnau, Hindiston

Foto: Don't Panic
Shimoliy Hindistondagi Lakxnau shahri aksilreytingni boshlab beradi. Bu yerda odamlar zararli gazlar va zavod chiqindilari aralashmasiga to'lgan havodan nafas olishadi. Qonun tomonidan deyarli nazorat qilinmaydigan ko'p sonli transport vositalari esa muammoni yanada chuqurlashtiradi.



Xurramobod, Eron

Foto: Don't Panic
Eronning eng ko'p aholiga ega shaharlaridan biri - Xurramobod butun mamlakatning qishloq xo'jalik markazi hisoblanadi. Aftidan, ekspertlarning shaharni nafas olish uchun deyarli yaroqsiz deb topishiga sabab ham aynan shu sabab bo'lgan. Bu shaharda o'lim darajasi mamlakat bo'ylab umumiy o'rtacha ko'rsatkichdan deyarli 3,5 barobar yuqori.



Ravalpindi, Pokiston

Foto: Don't Panic
Ravalpindi - Pokiston poytaxti Islomobodning birodar shahri. Muntazam jamoatchilik transporti tizimining yo'qligi ishlab chiqarish kollapsiga va xususiy avtomobillar ekspluatatsiyasiga olib keldi. Natijada zararli gazlar miqdori aql bovar qilmas darajada ko'payib ketmoqda. Joriy yilning oxirida mamlakat hukumati metropoliten qurilishini boshlamoqchi, bu esa muammo yechimida yordam berishi mumkin.



Raypur, Hindiston

Foto: Don't Panic
Bu shahar Hindiston markazida joylashgan: u bundan avval ro'yxatda keltirilgan shaharlarchalik katta emas, lekin bu yerdagi havoning ifloslik darajasi juda yuqori. Tadqiqotchilar buning sababini shahardagi bir necha po'lat va alyuminiy ishlab chiqarish korxonalaridan ko'rishmoqda.



Gvalior, Hindiston

Foto: Don't Panic
Mazkur ro'yxatda hind shaharlarining ko'pligi bu mintaqada dam olishni xush ko'ruvchi sog'lom hordiq tarafdorlarini tashvishga solishi kerak. Gvalior shu qadar ifloslanganki, hatto mahalliy aholi ham imkon qadar bu yerdan qochishga urinmoqda. Mamlakat hukumatni vaziyatni yaxshilash borasida hech qanday qaror qabul qilmayapti.



Patna, Hindiston

Foto: Don't Panic
Patna - Hindistonning sharqiy qismidagi kattaligi bo'yicha ikkinchi o'rindagi shahar. U mamlakatning asosiy qishloq xo'jalik markazlaridan biri hisoblanadi. Elektr energiyasidan noratsional foydalanish, xususiy transportning ko'pligi va periferiyada ishlab chiqarishning ko'pligi Patna havosini nafas olish uchun yaroqsiz ahvolga keltirmoqda.



Pekin, Xitoy

Foto: Don't Panic
Ro'yxatni ulug'vor Pekin tugallaydi. Bu surat o'tgan yilning fevralida olingan - aksariyat holatlarda bu yerning havosi aynan shunday bo'ladi.
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 21 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: