Главная » 2019 » Март » 6 » Amir Temur maqbarasini oyoq osti qilib qo‘ymayapmizmi?
19:58
Amir Temur maqbarasini oyoq osti qilib qo‘ymayapmizmi?
Zarnews nashri muxbiri Amir Temur maqbarasiga ziyorat jarayonida u yerdagi vaziyatdan keskin norozi bo‘ldi va bu haqdagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Dam olish kuni onamni Amir Temur maqbarasiga olib bordim. Maqsadimiz — ulug‘ sarkarda bobomiz qabrini ziyorat qilish edi. Maqbaraga yaqinlasharkanmiz, u yerdagi avtobus va yengil mashinalarning ko‘pligidan qadamjo ziyoratchilar bilan gavjumligini angladim.

Yo‘lak bo‘ylab buyuk sarkarda Amir Temur qabr toshi o‘rnatilgan xonaga kirdik. Ichkarida odam nihoyatda ko‘p ekan. Xona chetidagi o‘tirg‘ichdan joy olib, fotiha o‘qiy boshladik. Yonimizga bir guruh ziyoratchilar kelib qo‘shildi. Ular ham duoga qo‘l ochib, Qur’on o‘qiy boshladi. Shu payt qarshimizda paydo bo‘lgan chet ellik suratkashlar bizni suratga ola boshladi. U yerdagi holatdan ajablanib, atrofni kuzatdim. Ziyoratga kelganlar sohibqiron bobomizni yod olish o‘rniga uning qabr toshi oldida guruh-guruh bo‘lib suratga tushmoqda! G‘ala-g‘ovur ovozdan xuddi bozorda yurgandek his etasan o‘zingni. Hech kim bir-birini eshitmaydi, xuddi muzeyga kirgandek hamma – chet elliklardan tortib, mahalliy aholi vakillarigacha suratga tushish bilan ovora.

Odamlarga qarata: ‘Musulmonlar, bu joy ziyoratgoh, bu yerda o‘tganlar xotirlanadi, suratga tushilmaydi’, deb baqirgim keldi.

Biz qachon o‘zimizni, o‘zligimizni anglab yetamiz? Nima uchun bobolarimiz maqbarasini suratga olishga ruxsat berib, ziyoratgohni toptab, ularning ruhini bezovta qilyapmiz?”
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: Yoshjurnalist | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: