Главная » 2019 » Январь » 16 » Bastakor Anor Nazarov vafot etdi
15:06
Bastakor Anor Nazarov vafot etdi
O‘zbek musiqa san'ati rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, taniqli bastakor Anor (Anorqul) Nazarov bugun, 2019 yilning 16 yanvar kuni og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda «kun.uz» xabar berdi.

Anorqul Mamadovich Nazarov 1950 yil 5 iyunda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tavallud topgan. 1968 yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlab, 1968-1985 yillarda A.Navoiy nomidagi DAKT orkestri solisti, 1985-1987 yillarda Toshkent shahar musiqa ansambllari jamoasining bosh dirijyori, 1986-1996 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1996-2000 yillarda “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi bosh direktori, 2000-2002 yillarda esa badiiy rahbari lavozimlarida  faoliyat yuritgan. 

Bastakorning faoliyati asosan estrada musiqa san'ati  bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, o‘ziga xos mustaqil uslubiy ijodi bilan ajralib turadi. “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” (A.Oripov she'ri), “Vatan azizdir”, “Jon O‘zbekiston” (J.Jabborov she'rlari), “Iftixor” (X.Sharipov), “Yashnar bahorim”, “Ona yurt” (B.Bobomurod), “Barkamol avlod”, “O‘zbekiston mushtarak” (Y.Otash), “Go‘zal Toshkent”, “Yurt qadri” (B.Isroilova), “Aziz odamlar” (M.Ibrohimov), “Izhor” (A.Oripov) kabi 120 dan ortiq qo‘shiqlari o‘zining jozibadorligi, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni e'zozlash, asrab avaylash va insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilganligi bilan e'tiborli.

Faryod.com tahririyati marhumning oila a'zolari, yaqinlari va shogirdlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 52 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: