Главная » Horij Yangiliklari
Xitoyning “sirli va eng mukammal” qit'alararo ballistik raketasi DF-41 Pekinda 2019 yil 1 oktyabrda Xitoy tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan paradda namoyish qilinishi mumkin. Bu haqda CCTV’ga iqtibos keltirgan holda Global Times nashri ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, xitoylik harbiylar yanvarda DF-41’ning sinovlarini davom ettirishgan.

CCTV telekanalida ta'kidlanishicha, Xitoy ballistik raketalarining uch avlodi (DF-5, DF-31 va DF-41) bir necha o‘n metr og‘ish bilan 10 ming kmdan ziyodroq uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qila olishi mumkin. 

DF-41 Xitoyning eng kuchli raketasi hisoblanadi. Turli manbalarga ko‘ra, uning uchish uzoqligi 13-15 ming kmni tashkil qiladi. Taxmin qilinishicha, raketa 25 Max soni (1 Max taxminan 1200 km/soat) tezligida ucha oladi va 12 ta individual nishonga olish blokiga ega, bo‘linuvchi kallakni tashishi mumkin.
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 102 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2019 | Комментарии (0)

Meksikaning Idalgo shtatida yonilg‘i quvuridagi portlash va yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 nafarga yetdi, 73 kishi jarohat olgan. Bu haqda shtat gubernatori Omar Fayoz ma'lum qildi. 

Portlash 18 yanvarda Tlauelilpan shahrida quvur kesilgan joyda yuz bergan. Fojia joyida 350 ga yaqin kishi quvurdan otilib chiqayotgan yonilg‘ini bidon va kanistrlarga yig‘ish uchun to‘plangan bo‘lgan. 

Jarohatlanganlardan ba'zilari ikkinchi va uchinchi darajali kuyish jarohatlari olishgan.
Manba: Kun.uz
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 86 | Добавил: Admin | Дата: 20.01.2019 | Комментарии (0)

AQSh raketalardan mudofaa bo‘yicha yangi strategiyasi mamlakat yadro qurolini Rossiya va Xitoyni tiyib turishning asosiy vositasi sifatida ko‘rishda davom etishni nazarda tutatdi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoydan “ehtimoliy yadroviy tahdidlarni” tiyib turish uchun yadro quroliga tayanishda davom etadi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp har ikki davlat bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishni maqsad qilgan.

Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, AQSh raketalardan mudofaa tizimlari imkoniyati ko‘p jihatdan “yakkalatib qo‘yilgan davlatlar”, jumladan, Eron tomonidan ehtimoliy tajovuzkorlikni qaytarish uchun mo‘ljallangan
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 74 | Добавил: Admin | Дата: 17.01.2019 | Комментарии (0)

Fransiyaning sobiq madaniyat vaziri Odri Azule 13 oktabrda YuNeSKOning yangi bosh direktori etib saylandi. Azule 30 ta ovoz to'plagan va bu miqdor uning saylanishi uchun yetarlilik qilgan.

Foto:AFP 2017 / Thomas Samson
Tashkilot ijroiya kengashi ovoz berishining oxirgi turida Azule bilan birga qatarlik diplomat Abdulaziz Al-Kavariy kurash olib bordi. Uning nomzodiga 28 ovoz berildi.

G'alaba qilgan nomzod YuNeSKOning kech kuzda bo'lib o'tadigan bosh konferensiyasi 39-sessiyasida bosh direktor lavozimiga tasdiqlanadi. YuNeSKOning amaldagi bosh direktori bolgariyalik Irina Bokova tashkilotni 2009 yildan beri boshqarib keladi.

YuNeSKO BMTning ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi. U davlatlar va xalqlarning ta`lim, fan va madaniyat sohasida hamkorligini kengaytirish hisobiga tinchlik va xavfsizlikni ta`minlashga yordam berish; irqi, jinsi, tili, dinidan qat`iy nazar barcha xalqlar uchun adolat va qon ... Читать дальше »
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 84 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 14.10.2017 | Комментарии (0)

Qirg'iziston sobiq bosh prokurori, muxolif deputat Aida Salyanova o'z xizmat vakolatini suis`temol qilgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Sputnik Qirg'iziston xabar bergan.

2016 yilning dekabrida Qirg'iziston bosh prokuraturasi matbuot xizmati Salyanovaga qarshi jinoiy ish u adliya vaziri lavozimini egallagan paytida “xizmat vakolatini suiste`mol qilgani” uchun qo'zg'atilgani haqida xabar qilgandi. Gap 2010 yilda sobiq prezident Kurmanbek Bakiyevning o'g'liga yaqin bo'lgan hamda qidiruvga berilgan Aleksey Yeliseyevning advokatlik litsenziyasi tiklangani haqida bormoqda.

"Ota-Makon” fraksiyasidan Jo'qorg'i Kenesh deputati, sobiq bosh prokuror Aida Salyanova Bishkekning Lenin tumani sudi qarori bilan besh yilga ozodlikdan mahrum etildi", - deyiladi xabarda.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Salyanovaning mol-mulki ham musodara qilinadi. Biroq, jazoni ijro etish haqidagi qaror uning 2015 yilda tug'ilgan farzandi 14 yoshga to'lga ... Читать дальше »
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 73 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

Iflos havo yiliga deyarli 3,3 million kishining hayotiga zomin bo'ladi. Olimlarning ta`kidlashicha, 2050 yilga borib bu ko'rsatkich ikki barobarga ko'payadi. Xulosalar havoda materiyaning qattiq zarrachalari miqdori hisobidan kelib chiqadi. Bu yerda raqam zarrachaning mikronlardagi diametrini bildiradi. Bu zarrachalar tutun va chiqindi gazlari tarkibida bo'ladi. Ular organizmda astma va surunkali o'pka kasalliklari kabi uzoq davom etuvchi muammolarni keltirib chiqaradi.

Afsuski, bugunga kelib havoning ifloslanish darajasi dunyo xaritasidagi aksariyat mamlakatlar hukumatlarini u qadar tashvishga solmayapti. Ba`zi shaharlarda o'rtacha umr ko'rsatkichi yildan-yilga qisqarib bormoqda, biroq mahalliy aholining boradigan boshqa joyi yo'q. Don'tPanic "havo aksilreytingi" yetakchiligida dunyoning nafas olish juda og'ir bo'lgan yetti shahri haqidagi ma`lumot bilan bo'lishdi.



Lakxnau, Hindiston

Foto: Don't Panic
Shimoliy Hindistondagi La ... Читать дальше »
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 94 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

Shu yilning 11 sentabridan e`tiboran Rossiyaning 144 shahrida, jami 2300 dan ortiq anonim telefon qo'ng'irog'i orqali, portlash xavfi to'g'risida xabar berilgan. Bu haqda TASS kuchishlatar idoralarga tayanib xabar bermoqda.

«11 sentabrdan 9 oktabrga qadar 144 shaharda "telefon terrorchilar" hujumiga 2300 dan ortiq ob`yekt uchragan. Ularning ichida savdo markazlari, maktablar, temir yo'l bekatlari, aeroportlar, kinoteatrlar, tungi klublar va davlat hokimiyati idoralari bor.

Voqea natijasida 950 mingdan ortiq inson evakuatsiya qilingan" - dedi manba.

Aytish joizki, "bomba borligi" haqidagi barcha xabarlar yolg'on bo'lib chiqqan.

Avvalroq, Rossiya federatsiyasi xavfsizlik xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov barcha hujumlar rossiyalik fuqarolar tomonidan, xorijdan turib amalga oshirilganini, ularning Rossiya hududida sherigi borligini aytgan edi.

«Oson bo'lmasa-da, biz bu shaxslarni aniqladik - ular Rossiya fuqarolari. ... Читать дальше »
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 79 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 09.10.2017 | Комментарии (0)

Bugun Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo'lgan Yadro qurolini taqiqlash bo'yicha xalqaro kampaniya (ICAN) rahbari Beatris Fin AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari Donald Tramp hamda Kim Chen Inga yadro qurolidan foydalanish tahdididan voz kechish bo'yicha chaqiriq bilan chiqdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Beatris Fin. Foto: DW
Beatris Fin Tramp va Kim Chen Inga qanday murojaat bilan chiqishi mumkin ekani haqidagi savolga javob qaytarib, shunday dedi: "Yadro quroli noqonuniy hisoblanadi. Yadro quroliga ega bo'lish noqonuniy. Yadro qurolidan foydalanish bo'yicha tahdidlar qonunga zid. Yadro quroliga ega bo'lish, yadroviy qurollarni yanada rivojlantirish noqonuniy, bu ishlarni to'xtatish kerak".

ICAN yadro qurolini taqiqlashni qo'llab-quvvatlovchi 100 dan ortiq mamlakatning o'ziga xos koalitsiyasidir.
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 82 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 06.10.2017 | Комментарии (0)

4 oktabr kuni Saudiya Arabistoni Salmon bin Abdul Aziz Al Saud saudiyalik podsholar orasida birinchi bo'lib Moskvaga keldi. Uning tashrifi 7 oktabrgacha davom etadi.

Qayd etish joiz, Rossiya hukumati mazkur tashrifga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. 2-8 oktabr kunlari Moskvada ilk marotaba Saudiya Arabistoni madaniy haftaligi bo'lib o'tadi. Shahar ko'chalarida bilbordlar o'rnatildi. Vnukovo aeroportidan shahargacha bo'lgan yo'llarning chekkalariga podshohni olqishlovchi so'zlar osib chiqildi.

Rossiyada Saudiya monarxining tashrifini tarixiy deb baholamoqda. 5 oktabr kuni Moskvada Vladimir Putin bilan, 6 oktabrda Dmitriy Medvedev uchrashadi.

Ming kishilik delegatsiya a`zolari qayerda va qanday yashaydi

3 oktabr kuni «Kalashnikov» konserni tashqi aloqalar direktori Sofiya Ivanovaning Facebook sahifasida yozishicha, Moskvadagi 5 yulduzli mehmonxona «barcha do'konlari va restoranlari bilan yopilgani haqida» «kutilmaganda bilib qolgan». Uning s ... Читать дальше »
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 87 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 05.10.2017 | Комментарии (0)