Главная » Mahalliy Yangiliklar
Google korporatsiyasi xavfsizlik bo'yicha mutaxassislar va xakerlarga Google Play Store rasmiy do'konida taqdim etilgan Android uchun mobil ilovalarni buzib kirish hamda kamchiliklarini aniqlashni taklif qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Nafaqat topilgan, balki to'g'irlangan har bir kamchilik uchun kompaniya ming AQSh dollaridan boshlanuvchi mukofot puli to'lashga tayyor. Shu tariqa kompaniya o'z katalogi «raqamli xavflar chiqindixonasi»ga aylangani bo'yicha bildirilgan ayblovlarga reaksiya bildirdi.

Google’dan ta`kidlashlaricha, ularning mutaxassislar muammoni standart uslublar: avtomatika va kompaniya kadr resurslaridan foydalanish yordamida hal qilishni uddalay olishmadi. Shuning uchun ular Play Security Reward Program rag'batlantirish tizimini tatbiq etishga qaror qilishgan. Kelajakda loyiha Google Play Store’ni ancha «tozaroq» va xavfsizroq qilishi kerak. Pul mukofoti esa katalog mahsulotlari orasida viruslar, xatolar va soxta ilovalarni topuvchi xa ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 276 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 22.10.2017 | Комментарии (0)

AQShning Consumer Reports nashri o'tkazgan taddqiqot natijalariga ko'ra, joriy yilning eng ishonchli avtomobil brendlari Yaponiyaning Toyota va Lexus markalari bo'ldi. Nashr o'tkazgan so'rovnomada ishtirok etgan haydovchilarning aksariyati Toyota GT86 modelini eng ishonchli avtomobil deb topishdi. Shu bilan birga Toyota’ning eng kam ishonch bildirilgan modeli Toyota Tacoma pikapi bo'ldi.

Ta`kidlash joizki, reytingdan 27 ta brend o'rin olgan. 2-o'rinni Lexus egalladi. Uning 4 eshikli ES modeli eng ishonchli deb topildi. Eng ko'p tanqidlar Lexus GX modeli borasida bildirildi.

3-o'rinni Janubiy Koreyaning Kia markasi egalladi. Bu kompaniya reytingda o'z pozitsiyasini 2 pog'onaga yaxshilay oldi. Bu natijaga Kia Niro modeli evaziga erishilgan. Yuqori beshtalikdan shuningdek Germaniyaning Audi va BMW markalari o'rin olgan.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 286 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 22.10.2017 | Комментарии (0)

«O'zekspomarkaz» Milliy ko'rgazmalar kompaniyasining markaziy pavilonlarida joriy yilning 7-9 noyabr kunlari «Made in Uzbekistan» (“O'zbekistonda ishlab chiqarilgan”) deb nomlangan O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy yutuqlarini namoyon qiluvchi, barcha sanoat yo'nalishlaridagi yuqori sifatli va eksportga yo'naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirokida ko'rgazma bo'lib o'tishi belgilangan.

Ushbu ko'rgazma-yarmarkada mahalliy sanoat korxonalarining taqdimotlari bo'lib o'tadi, shu jumladan, tashrif buyuruvchilar respublikamizning ilmiy-sanoat yo'nalishidagi barcha yutuqlari va namoyon qilingan innovatsion loyihalar haqida ma`lumot olishlari mumkin buladi.

Shuningdek, Yurtboshimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`yektlarini eksport faoliyatiga jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlari va o'z o'rnida ushbu o'tkaziladigan ko'rgazma-yarmarka tadbirkorlarning chet el bozorlariga chiqishiga, x ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 249 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 22.10.2017 | Комментарии (0)

2017 yil 20 oktabrda Toshkentda Ispaniyaning viza markazi ochilishi rasmiy marosimi bo'lib o'tdi. Bu markaz O'zbekiston fuqarolariga viza xizmatlarini ko'rsatadi.

Marosimda Ispaniya Qirolligining Rossiyadagi bosh konsuli Itsiar Akerreta Taboada, BLS International Services Ltd kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlari bo'yicha rahbari Sanjiban Chatterjye, Ispaniyaning O'zbekistondagi faxriy konsuli Alfonso Lopez Pandiella hamda O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi vakillari ishtirok etishdi.

BLS International Services Tashkent viza markazi Ispaniyaga Shengen vizasi olish uchun viza ko'magi (maslahat berish, hujjatlar yig'ish, hujjatlarni ko'rib chiqib, Ispaniyaning Moskvadagi bosh konsulligiga jo'natish) taqdim qiladi.

Ushbu viza markaziga asos solgan BLS International Services Ltd. kompaniyasi vizalar, pasportlar olish xizmatlari taqdim qiluvchi, maslahat xizmatlari ko'rsa ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 271 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 22.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni faollashtirish uchun shu yilning 21 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun vizaga oid jarayonlarni soddalashtirish to'g'risida»gi PQ-3347 sonli qarori imzolandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi sayti xabar bermoqda.

Ushbu hujjat vizalarni rasmiylashtirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mamlakatimizga sayyohlik va ishbilarmonlik maqsadlarida kelayotgan Turkiya fuqarolari uchun qulayliklar yaratadi. Ishbilarmonlik maqsadlarida O'zbekistonga kelayotgan Turkiya fuqarolariga beriladigan, bir yilgacha bo'lgan muddat uchun ko'p martalik vizalar O'zbekistonning xorijdagi idoralarida 3 ish kunida (hujjat topshirilgan kun e`tiborga olinmasdan) rasmiylashtiriladi. Bunda taklif etayotgan yuridik shaxsning O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilish talabi be ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 280 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 22.10.2017 | Комментарии (0)

Kuz faslida O'zbekiston hukumati katta o'zgarishlar sari yuz burmoqda, xususan valyuta erkin konvertatsiyasidan boshlab, ayrim tovar va mahsulotlarga qo'yilgan aksiz soliqlar, boj to'lovlarini pasaytirishi shu sirasidan. Kun.uz kuz faslida yuz bergan jarayonlar ichida eng diqqatga sazovor beshta iqtisodiy o'zgarishlarni sarhisob qildi.

1. Valyuta erkin konvertatsiya amaliyoti

Foto: Kun.uz
Hech shubhasiz, ushbu amaliyotning joriy etilishi mamlakatda iqtisodiy hayotni birmuncha yangiladi. Endilikda bank filiallariga murojaat qilgan har qanday shaxs erkin valyutani ayirboshlash huquqidan foydalana oladi. Ammo, hozirgacha naqd pul ko'rinishida xorijiy valyutani sotib olish bo'yicha rasmiy bayonot berilmagan.

Reuters nashrining o'z manbasiga tayanib bergan xabarida, bu amaliyot 1 oktabrdan bo'lishi ko'zda tutilgandi. Keyinroq, xorijiy valyutani naqd pul ko'rinishida bank filiallaridan sotib olish 10 oktabrdan boshlanishi ma`lum qilingandi. Shung ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 315 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 22.10.2017 | Комментарии (0)

Jahondagi yetakchi texnologik kompaniyalar – Microsoft, Facebook, Twitter va Google internetda terrorchilik kontenti bilan kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi. Bu haqda ushbu kompaniyalar vakillarining "Katta yettitalik"ka kiruvchi davlatlar ichki ishlar vazirlari bilan uchrashuv yakunlariga ko'ra berilgan bayonotda aytilgan.

Uchrashuv 20 oktabrda Italiyaning Iskya orolida bo'lib o'tgan. Texnologik kompaniyalar vakillari internetda terrorchilikka qashi kurash masalalariga bag'ishlangan sessiyada ishtirok etishgan.

Bayonotga ko'ra, uchrashuv ishtirokchilari bir nechta asosiy sohada hamkorlikni mustahkamlash zarurligi haqidagi fikrga kelishgan.

Jumladan, kompaniyalar terrorchilik kontentini tez aniqlash va o'chirishda avtomatlashgan texnologiyalardan foydalanishmoqchi, kichik kompaniyalarni himoya qilishni kuchaytirishda eng yaxshi tajriba va texnologiyalar bilan o'zaro almashishmoqchi hamda ilmiy tadqiqotlar yordamida ma` ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 248 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 21.10.2017 | Комментарии (0)

Tinch okeanida joriy mavsumda 21-sondagi to'fon – "Lan to'foni yaqin orada Yaponiyaning Dayto orollariga yaqinlashadi. Yaponiya meteorologik agentligi ma`lumotlariga ko'ra, ayni vaqtda "Lan" Filippin dengizida kuzatilib, Yaponiya tomon soatiga 15 km tezlik bilan yaqinlashmoqda.

Ob-havo mutaxassislari prognoziga ko'ra, to'fon yapon orollariga 22 oktabrga o'tar kechasi yaqinlashadi va shundan keyin shu yo'nalishda davom etib, bir necha kun ichida Sikoku oroli va Yaponiyaning markaziy tumanlari, jumladan Tokio joylashgan hududni qoplab oladi.

Ayni vaqtda to'fon markazidagi shamol tezligi soniyasiga 50 metrni, kuchayganda 70 metrni tashkil qilmoqda. To'fon markazidan 280 km radiusda shamol tezligi soniyasiga 25 metrni tashkil qilmoqda.

To'fon kuchli yog'ingarchilikka olib keladi. Bunga ko'ra, Amami oroliga 22 oktabr ertalabga 250 mm yog'ingarchilik tushadi, Tokay tumanida esa 23 oktabrga kelib bu ko'rsatkich 500 mm ni tashkil qiladi. Bu esa ko'chkilar ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 266 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 21.10.2017 | Комментарии (0)

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 oktabr kuni poytaxtda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja issiq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o'zgarib turadi yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarc ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 286 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 21.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston hukumati joriy mavsumda o'qituvchi, talaba va shifokorlarni paxta yig'im-terimidan ozod etgan edi. Ushbu kasb egalari bu qarordan xursand bo'lib, ishiga qaytib, sidqidildan mehnat faoliyatini davom ettirmoqda. Talabalar esa ko'tarinki kayfiyatda bilim olishmoqda. Bu yaxshi, albatta.

Ish yuzasidan xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatiga borganimda jamoat transportida ikki o'rta yoshdagi ayolning boshqa ayollar bilan suhbatini eshitib qoldim. Ma`lum bo'lishicha, ular bir kun oldin paxta yig'im-terimidan qaytishgan ekan.

Biri so'z boshladi. Hukumatimiz tomonidan paxta dalalaridagi o'qituvchi va talabalarni qaytarish to'g'risida topshiriq bo'lganida ular o'sha kunning o'zida qaytarilgan ekan. Ammo, maktabgacha ta`lim muassasalarida, ya`ni bog'chada ishlayotgan xodimlarga bu narsa sizlarga taalluqli emas, ko'nglingizni cho'ktirmay paxtani teringlar deb, aytishgan. O'sha vaqtda sentabr oyining oxirlari edi. Shu 20 kun o'tmay qoladimi, deb paxtani teri ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 240 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 21.10.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6 »