Главная » Mahalliy Yangiliklar
Shaxmat bo'yicha jahon va Osiyo chempionatlari g'olibi, xalqaro shaxmat ustasi, 12 yoshli Javohir Sindorovga O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sovg'asi topshirildi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

O'zAning yozishicha, to'rt yarim yoshidan shaxmat bilan muntazam shug'ullanib kelayotgan Javohirning erishgan yutuqlariga jahonning yetakchi shaxmatchilari ham havas qiladi.

Jahon va Osiyo chempionati g'olibi, xalqaro shaxmat ustasi Javohir Sindorov O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan eng so'nggi rusumdagi zamonaviy noutbuk (MacBook) bilan taqdirlandi.

«Prezidentimizning biz yoshlarga ko'rsatayotgan ulkan e`tibor va g'amxo'rligidan minnatdormiz. Xalqaro maydonda erishayotgan g'alabalarimiz mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan e`tibor tufaylidir. Prezidentimizning sovg'asi meni yanada yuksak marralar sari ruhlantiradi, kelajakda xalqaro grossmey ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 265 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 21.10.2017 | Комментарии (0)

«O'zbekiston Yoshlar ittifoqi» Markaziy Kengashi barcha oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotan bakalavr hamda magistr bosiqichidagi talabalar uchun ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy va huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligiga qarab beriladigan rag'batlantiruvchi «Yoshlar ittifoqi» stipendiyasi ta`sis etilganini ma`lum qildi.

Mazkur stipendiya yilning o'n oyi davomida to'lab beriladigan to'lov shaklida tashkil eitilib, uning miqdori EKIH ikki barobari etib belgilandi. Stipendiya Nizomi bandlarida aytilishicha, "Yoshlar ittifoqi” stipendiyanti bo'lish uchun faqat oliy ta`lim muassasalarida tahsil oluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan talabalar o'z hujjatlarini taqdim etishlari shart.

Nomzodlarga hujjatlarni 2 kursdan boshlab topshirishga ruxsat etiladi. Shuningdek, nomzodlarning hujjatlari o'tgan o'quv yilida yaxshi va a`lo baholarga o'zlashtirgan taqdirda qabul qilinadi.

Nizomda «Yoshlar ittifoqi» stipendiyasiga tanlov uch bosqichda ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 259 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 21.10.2017 | Комментарии (0)

Endi Yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy propiskaga ega bo'lishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktabrdagi 813-sonli qaroriga muvofiq O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati xududida doimiy propiskaga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi.

Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan, Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to'g'risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo'lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat ro'yxatiga 61-band sifatida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi qo'shilmoqda.

Qayd etish joiz, mazkur qaror Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan «Yoshlar» uylaridan birini ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 428 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 14.10.2017 | Комментарии (0)

2017 yilgi paxta topshirish bo'yicha shartnoma majburiyatlarini Xorazm viloyati mehnatkashlari birinchi bo'lib ado etdi. Bu haqda «Xorazmpaxtasanoat hududiy filiali» MChJ ma`lumotnomasida keltirilgan.

Unga ko'ra, xorazmlik paxtakorlar davlatga 250400 tonna paxta topshirishgan, shundan 500 tonnasi paxta terish mashinasida terib olingan.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 256 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 14.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston delegatsiyasi 2017 yilning 13-15 oktabr kunlari Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon banki guruhi Boshqaruvchilar kengashining navbatdagi yillik majlisida ishtirok etadi.

O'zbekiston TIV ma`lumotlariga ko'ra, delegatsiya tarkibidan O'zbekiston Respublikasi bosh vazirining o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov joy olgan.

Majlisda yillik hisobot va kelgusi yil uchun byudjyetni tasdiqlash, shuningdek, xalqaro iqtisodiy rivojlanish va moliyaviy faoliyatga doir keng ko'lamli masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 269 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 13.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston hukumati Tojikistonning MDH davlatlari janubiy chegaralaridagi vaziyat bo'yicha tashvishda ekanini tushunadi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuv chog'ida O'zbekiston Mudofaa vazirligi rahbari, general-mayor Abdusalom Azizov. Muloqot Dushanbe shahrida 12 oktabr kuni bo'lib o'tgan Hamdo'stlik mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashining majlisi doirasida o'tkazildi.

Uchrashuvda Rossiya, Belarus, Qozog'iston, Armaniston, Ozarboyjon, Tojikiston, O'zbekiston Mudofaa vazirliklari rahbarlari, Qirg'iziston bosh shtabi boshlig'i va Turkmaniston elchixonasining harbiy attashesi ishtirok etdi.

O'zbekistonlik vazirning so'zlariga ko'ra, mamlakat «Hamdo'stlik janubiy chegaralari mudofaa qobiliyatini ta`minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi». U O'zbekistonning ishtiroki zarur bo'lgan joylarda hukumat chetga chiqib turmasligiga ishontirdi. «Afg'oniston bilan chegaramiz bor. Misol uchun, Tojikiston yoki Qirg'izistonda nimadir sodir ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 243 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 13.10.2017 | Комментарии (0)

2017 yilning 12 oktabr kuni soat 17:55da «O'zbekiston havo yo'llari» MAKning samolyotida Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir bo'lgan YTH oqibatida vafot etgan O'zbekiston fuqarosi J.Usmonovning jasadi Toshkentga olib kelindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketildi.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 6 oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Vladimir viloyatining, Petushin tumanidagi Pokrov temir yo'l stansiyasida poyezd va avtobus to'qnashuvi sodir bo'lgan. YTH natijasida 16 nafar O'zbekiston fuqarolari vafot etgan, ulardan 15 nafarining jasadlari 2017 yilning 8 oktabr kuni O'zbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida respublika hududiga olib kelingan edi.

Vladimirdagi YTH oqibatida vafot etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlandi
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 249 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 13.10.2017 | Комментарии (0)

11 oktabr kuni "O'zbekengilsanoat" AJ binosida eskizlar asosida ishlab chiqilgan maktab formalari namunalari ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada "Sharq liboslari dizayn markazi" hamda "O'zbekengilsanoat" AJ tizimidagi korxonalar tomonidan eskizlar yaratilib, namunalar asosida ishlab chiqildi.

Tadbirda "O'zbekengilsanoat" AJ tizimidagi 50ta trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan 12tasi o'z tayyor mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Ular orasida "Sharq liboslari dizayn markazi", "Istiqlol tekstil" (Ideal), "Jannati Bibixonim", "High Fashion Group", "Koson universal", "Cotton Road", "Bagira Tex", "Gulmira Tekstil", "EKO planeta", "Ferangiz Fashion", "Urganch Bahmal", "Tumaris Tekstil" kabi korxonalarni uchratish mumkin.

Ko'rgazma davomida bolalar turli yoshlarga mo'ljallangan bahor, kuz va qish mavsumiga mos maktab formalarini namoyish qilishdi. Kun.uz muxbiri mazkur tadbirda ishtirok etib, yangi maktab formalari namunalaridan fotoreportaj t ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 261 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 11.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi №809-qarori bilan O'zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalaridagi harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalari haqidagi Nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.uz.

O'quv bo'linmalari — oliy o'quv yurtlarining zaxira va rezerv zobitlari tayyorlanadigan sikllari va kurslari, harbiy kafedralari, harbiy o'quv fakultetlaridir. Harbiy tayyorgarlikni kunduzgi bo'limda o'qiydigan yigit talabalar, shuningdek, tibbiyot oliy o'quv yurtlarining jinsidan qat`i nazar barcha talabalari (o'qiyotgan ayollar jami talabalar sonining 10 foizidan oshmasligi kerak) o'tashadi.

Harbiy tayyorgarlikni rektorning shu xususdagi bo'yrug'i e`lon qilingan kuni 27 yoshdan kichik bo'lgan, salomatligi nuqtai nazaridan sog'lom, tanlovdan o'tgan talabalar o'tashadi.

Harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalariga talabalarni tanlov asosida tanlab olishning asosiy mezonlari quyidagicha:

1. Tibbiy tekshiruvdan o't ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1 ·Картинка 2
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 267 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 11.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekistonda uzoq yillardan beri birinchi marta Tojikiston madaniyat kunlari o'tkaziladi. Bu tadbir 10-14 oktabr kunlarida bo'lib o'tishi belgilangan. Shu munosabat bilan O'zbekistonga kelgan Tojikiston ijodiy delegatsiyasi ushbu kunlarda mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, madaniy meros ob`yektlari va tarixiy obidalariga tashrif uyushtiradi. Qo'shni davlat delegatsiyasi tashrifi doirasida bir qator tadbirlar bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati bergan xabarga ko'ra, tadbirning ilk kunida soat 11:00dan soat 12:00ga qadar O'zbekiston tasviriy san`at galereyasida «Zamonaviy Tojikiston» fotoko'rgazmasi va tojik xalq hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi bo'lib o'tadi.

Shu kunning o'zida soat 19:00dan soat 20:30ga qadar Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik Katta teatrida tantanali ochilish va konsert dasturi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi kuni, soat 16:30dan soat 18:00gach ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 255 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6 »