Главная » Mahalliy Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari G'ulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya 10 oktabr kuni amaliy tashrif bilan Tatariston Respublikasiga keldi.

Tatariston Respublikasi bosh vaziri Aleksey Pesoshin «Kazan» xalqaro aeroportida O'zbekiston delegatsiyasini kutib oldi.

Shundan so'ng Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov G'ulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Rustam Minnixanov O'zbekiston delegatsiyasining Qozonga tashrifi Rossiya-O'zbekiston munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan Tatariston va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga hissa qo'shishiga ishonch bildirdi.

Tatariston prezidenti ta`kidlaganidek, Tatariston va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro savdo hajmi hozirgi paytda barcha mavjud imkoniyatlarni aks ettirmaydi: «Biz hamkorlik uchun katta istiqbollarni ko'rmoqdamiz. Bunga o'xshash tillar, madaniyat va urf-odatlarimiz yordam beradi. Lekin eng muhim ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 267 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga keldi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Prezidentni Sochi xalqaro aeroportida Rossiya rasmiy doiralari va MDH Ijroiya qo'mitasi vakillari kutib oldi.

MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisining asosiy tadbirlari 11 oktabrga mo'ljallangan. Majlis kun tartibiga Hamdo'stlik doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir 20 ga yaqin masala kiritilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o'tkazadi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 242 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

Vazirlar Mahkamasi topshirig'iga ko'ra, O'zbekistonda mobil aloqa qurilmalarini majburiy ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha yangi qaror ishlab chiqildi. Ushbu qaror loyihasini amalga oshirishdan ko'zlangan asosiy maqsad - O'zbekistonga olib kirilayotgan mobil aloqa vositalarini hisobga olish, xususan mamlakatimizga olib kirilayotgan mobil qurilmalarning xalqaro identifikatsiya kodi bilan majburiy ro'yxatdan o'tkazish tizimini tartibga solish ko'zda tutilgan.

Mobil qurilmalarni o'g'irlash holatlariga qarshi yangi loyiha ishlab chiqilmoqda

Shu o'rinda savol tug'iladi: Xo'sh, xalqaro identifikatsiya kodi deganda nima nazarda tutiladi?

Kun.uz muxbiri shu mavzu yuzasidan vazirlikka tashrif buyurib vazirlik mutaxassislari bilan suhbat qildi.

Xalqaro identifikatsiya kodi ya`ni IMEI (International Mobile Equipment Identity) kod – har bir apparatda bo'luvchi takrorlanmas identifikator bo'lib, mobil qurilmalarni kuzatib yurishga mo'ljallangan.
... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 281 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 09.10.2017 | Комментарии (0)

2017 yil 20 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida​»gi 393-sonli qarori qabul qilingandi.

Unga ko'ra, abituriyentlarni to'lov-kontrakt bo'yicha belgilangan kvotadan tashqari qo'shimcha ravishda o'qishga qabul qilish tartibiga oydinlik kiritilgan. Soddaroq qilib aytganda, «super kontrakt» amaliyotini joriy etish jarayoni qaror bandlari bilan aniq ifodalab berilgan.

2017/18 yilgi davlat qabul imtihonlarida yetarli ball to'play olmay, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar oshirilgan stavka bo'yicha kontrakt-to'lov summasini to'lashga rozi bo'lsa, o'qish istagini bildirgan oliygoh huzurida tashkil etilgan Qabul komissiyaga murojaat etib, yozma ariza kiritishi so'raladi. Eslatib o'tamiz, ariza topshirish muddati ertaga, 10 oktabr kuni yakuniga yetadi.

Qo'shimcha ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 418 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 09.10.2017 | Комментарии (0)

KUN.UZ tahririyatiga taniqli jamoat arbobi Ahmadjon Odilovning o'limidan biroz avval O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida o'z fikrlarini bildirib o'tgan video kelib tushdi.

“Qalbimda to'lib turgan gaplar ko'p. Mirziyoyevning tarjimai holini o'qidim. Yoshlikdan qiynalib o'sgan, Alloh bergan kuchi ko'p ekan. Kuchidan g'ayrati, g'ayratidan ko'ra rejasi ko'p ekan. Lekin, shunga biz hammamiz, millionlar, qo'shni mamlakatlar bilan bir bo'lib yordam qilsak, amalga oshadigan gaplarni gapirmoqda. Biroq, shu turishda hamma bir bo'lib yordam bermasa, juda qiynalib qolish xavfi bor. Shunga kuch-quvvat tilayman. Kuchidan ko'ra rejasini, mo'ljaldagilarini amalga oshirishda hamma bir bo'lib yordam qilishini butun xalqdan iltimos qilaman. Mirziyoyevga kuch-quvvat, baxt-omad hamroh bo'lsin, ishlariga omad tilayman”, - degan videoda Ahmadjon Odilov.

Eslatib o'tamiz, Odilov 27 sentabr kuni 92 yoshida olamdan o'tdi.

Ahmadjon Odilov 1925 yilning 1 mayida N ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 253 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 07.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova ish faoliyatida yo'l qo'ygan jiddiy xato va kamchiliklari uchun “2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik saytida ma`lum qilindi.

Unda yozilishicha, O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 12 sentabrdagi 250-um-sonli buyrug'iga asosan Toshkent yuridik kolleji o'qituvchilarining murojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazildi.

Xizmat tekshiruvi davomida Toshkent yuridik kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda N.Temirova tomonidan kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-urug'chilikka yo'l qo'yilganligi, xodimlarni ishga qabul qilish, ishda qoldirishda ta`magirlik va qonunbuzilishlar mavjudligi, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari asossiz qo'llanilganligi, kadrlar qo'nimsizligi yildan-yilga oshib borganligi, o'quv jarayonid ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 257 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 07.10.2017 | Комментарии (0)

Har yili, AQSh hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV» dasturi doirasida 50000 ta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Uning ko'rinishi yashil karta shaklida bo'lgani uchun butun dunyoda, xususan O'zbekistonda “Yashil karta” (Grinkard) nomi bilan mashhur. Vizalar so'nggi besh yil ichidagi AQShga immigratsiya ko'rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda AQShga immigratsiya ko'rsatkichlari past bo'lgan hududlarga ko'proq viza miqdori belgilanadi. Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o'tish imkoniyatini beradi.

Grin kardda ishtirok etishning talablari

Lotereyada ishtirok etishning ilk sharti: vakillari dasturda qatnashishi mumkin bo'lgan davlatlarda tug'ilgan shaxslar ro'yxatdan o'tishga haqli bo'lishi mumkin. ​​Masa ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 278 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 07.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 30 sentabr kuni Kongo poytaxti Kinshasa shahrida An-12 harbiy transport samolyoti halokatga uchrashi oqibatida halok bo'lganlar orasida o'zbekistonliklar ham bo'lgani haqidagi xabarni tekshirmoqda.

Bundan avvalroq Kongo Demokratik Respublikasi Mudofaa vazirligi tarqatgan xabarga ko'ra, xorij nashrlari ushbu halokat tufayli Rossiya, Ukraina va O'zbekiston fuqarolari halok bo'lgani haqida yozgandi.

Xabarlarda bu fojia qurbonlari Kongo Demokratik Respublikasida xususiy shartnoma asosida ishlagani qayd etilgandi.

TIV xabarida ma`lum qilinishicha, Kongo Demokratik Respublikasida O'zbekiston fuqarosi vafot etganini tasdiqlash maqsadida O'zbekistonning Qohiradagi Elchixonasi Kongo Demokratik Respublikasi Elchixonasi bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 262 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 06.10.2017 | Комментарии (0)

Vazirlar Mahkamasining 27.09.2017 yildagi 769-son «Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori e`lon qilindi. Norma.uz saytida qarorga sharh keltirilgan.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Bakalavriatning alohida ta`lim yo'nalishlari bo'yicha davlat granti asosida tahsil olgan tibbiyot oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini qishloq vrachlik punktlari va qishloq (shahar) oilaviy poliklinikalariga ishga yo'llash tartibi to'g'risidagi nizom;
tibbiyot oliy ta`limining («Sog'liqni saqlash» ta`lim sohasi) bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha o'quv rejalari tuzilmasi.
Sog'liqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-2018 o'quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg'ona filiali faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish va talabalarga filialda ta`lim olayotgan yo'nalishlar bo'yicha o'qishini yakunlash imkonini berish haqidagi taklifiga rozi ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 264 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 06.10.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 3 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to'lovlari uchun xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko'ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 25 sentabr kuni o'rnatilgan kursga nisbatan 6,16 so'mga pastlagan va 8060.80 so'mga teng bo'lgan.

Bir yevro esa 132.29 so'mga arzonlab, 9494.01 so'mni tashkil etgan. 1 Rossiya rubli esa 0.14 so'mga arzonlab, 139.91 so'mni tushgan.

1 AQSh dollari 8060,80

1 YeVRO 9494,01

1 Rossiya rubli 139,91

1 Angliya funt sterlingi 10778,90

1 Yaponiya iyenasi 71,47

1 Janubiy Koreya voni 7,04

1 Quvayt dinori 26713,50

1 Malayziya ringgiti 1906,08

1 Kanada dollari 6456,90

1 Xitoy yuani 1211,55

1 Singapur dollari ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 274 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 05.10.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6 »