Главная » Mahalliy Yangiliklar
Bugun, 3 oktabr kuni Toshkent shahar hokimiyatida Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Asomiddin Tojiyev kelajakdagi rejalar, belgilangan maqsad va vazifalar haqida yig'ilganlarni tanishtirib o'tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma`lum bo'lishicha, Toshkent shahrini qurish bo'yicha taniqli arxitektor Yan Geylning tavsiyalari inobatga olinadi. Shuningdek, yangi asosiy ish rejasini tuzishda shaxsan arxitektorning o'zi konsultant sifatida taklif qilinishi ko'zda tutilgan.

Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi
boshlig'i o'rinbosari Asomiddin Tojiyev
"Toshkentda yangi qurilishlarni loyihalashtirishga bir necha xorijiy mutaxassislar va arxitektorlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, t ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 245 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.10.2017 | Комментарии (0)

Statistika ma`lumotlariga 400 mingga yaqin o'zbekistonlik muhojirlar Rossiyadan deportatsiya qilinib, Rossiyaga chiqa olmaydiganlar "qora ro'yxat"iga tushganlar.

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig'i o'rinbosari vazifasini bajaruvchi Xo'jabahlil Asomov ma`lum qilgan.

"Agentlik hozirda rossiyalik hamkorlar bilan mehnat muhojirlarini bu qora ro'yxatdan o'chirish va ularning Rossiyaga kirishlarining taqiqlanishi muddatini qisqartirish ustida ishlamoqdalar", deb ta`kidlab o'tdi Asomov.

Uning fikricha, mehnat muhojirlari deportatsiyasi huquqiy savodsizlik, ya`nikim u yoki bu davlat qonunlarini bilmaslik sababli yuz beradi.

Asomov shu ma`noda, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga apreldagi tashrifi vaqtida Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston fuqarolarini to'plash va jalb qilish haqidagi kelishuv imzolanganini eslatib o'tdi.

Asomov yoshlar press-kl ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 246 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.10.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6