Главная » 2017 » Октябрь » 11 » Mail.Ru Group xodimlari O'zbekistonda IT bo'yicha darslar o'tkazadi
20:13
Mail.Ru Group xodimlari O'zbekistonda IT bo'yicha darslar o'tkazadi
Mail.Ru Group xodimlari Rossiya, Belarus, Qozog'iston va O'zbekiston maktablarida IT bo'yicha darslar o'tkazadi.

Asosiy maqsadlar – maktab o'quvchilariga o'z professional kelajagini aniqlashtirib olishga yordam ko'rsatish, ularni sifatli ta`lim olishga rag'batlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash. Aktsiya 13 oktabr kuni Rossiyaning 34 mintaqasi, shuningdek, Belarus, Qozog'iston va O'zbekistonda bo'lib o'tishi mo'ljallangan.

«IT-bilimlar Kuni» aksiyasi doirasida Mail.Ru Group xodimlari o'zlari ta`lim olgan o'quv muassasalarida IT-sohaning hozirgi hamda kelajakdagi holatiga bag'ishlangan taqdimot darsini o'tkazishadi. O'quvchilar bugun mehnat bozorida aynan qanday IT-mutaxassislarga ehtiyoj borligi, hamda 10-15 yildan so'ng bu vaziyat qanday o'zgarishi, o'zining IT-biznesini qanday yaratish hamda raqamli hayotga moslashish uchun texnologiyalar haqida nimalarni bilish muhimligi borasida ma`lumot olishadi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 25 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: