Главная » 2017 » Октябрь » 21 » Microsoft, Facebook, Twitter va Google internetda terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytiradi
06:51
Microsoft, Facebook, Twitter va Google internetda terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytiradi
Jahondagi yetakchi texnologik kompaniyalar – Microsoft, Facebook, Twitter va Google internetda terrorchilik kontenti bilan kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi. Bu haqda ushbu kompaniyalar vakillarining "Katta yettitalik"ka kiruvchi davlatlar ichki ishlar vazirlari bilan uchrashuv yakunlariga ko'ra berilgan bayonotda aytilgan.

Uchrashuv 20 oktabrda Italiyaning Iskya orolida bo'lib o'tgan. Texnologik kompaniyalar vakillari internetda terrorchilikka qashi kurash masalalariga bag'ishlangan sessiyada ishtirok etishgan.

Bayonotga ko'ra, uchrashuv ishtirokchilari bir nechta asosiy sohada hamkorlikni mustahkamlash zarurligi haqidagi fikrga kelishgan.

Jumladan, kompaniyalar terrorchilik kontentini tez aniqlash va o'chirishda avtomatlashgan texnologiyalardan foydalanishmoqchi, kichik kompaniyalarni himoya qilishni kuchaytirishda eng yaxshi tajriba va texnologiyalar bilan o'zaro almashishmoqchi hamda ilmiy tadqiqotlar yordamida ma`lumotlar bazasini kengaytirishmoqchi.

Bayonotda ta`kidlanishicha, asosiy maqsad o'zaro mas`uliyat, ishonch, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga amal qilishga asoslangan, internetda terrorchilikka qarshi kurash bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish bo'lib qoladi.

Twitter kompaniyasi uchrashuvni "muhim va sermahsul" deb ta`rifladi. Italiya ichki ishlar vaziri Marko Minniti esa internetda terrorchilikka qarshi kurash dolzarblashgani, chunki endi IShIDda "u egalik qiluvchi hududlar qolmaganini" ta`kidlab o'tdi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 32 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: