Главная » 2017 » Октябрь » 9 » Microsoft Windows Phone’dan voz kechib qo'ya qoldi
20:19
Microsoft Windows Phone’dan voz kechib qo'ya qoldi
Microsoft ijrochi direktori Jo Belfiorning ma`lum qilishicha, kompaniya Windows 10 Mobile uchun yangi qurilmalar va yangilanishlarni yaratmaydi. Bu haqda u Twitter’da yozgan.

«Albatta, biz platformani qo'llab-quvvatlashda davom etamiz... Xatolarni to'g'rilab boramiz hamda xavfsizlik tizimlari yangilanishlarini chiqarib boramiz va hokazo, - deya ma`lum qildi Belfior. - Lekin yangi funksiyalar va qurilmalarni chiqarish rejalashtirilmagan».

Shuningdek, uning aytishicha, kompaniya ilovalar ishlab chiquvchilarini jalb qilishga harakat qilmoqda: «Biz ularga pul to'laganmiz, ularning o'rniga ilovalarni yaratganmiz». Biroq, foydalanuvchilar sonining kamligi ko'plab kompaniyalar platformaga sarmoya kiritishni istamasligiga olib keldi.

O'tgan yilning may oyida Microsoft mobil bo'linmalardan 1,8 mingdan ziyod xodimni ishdan bo'shatish niyatida ekanini ma`lum qilgandi. Shu bilan bir vaqtda korporatsiya Lumia smartfonlarini chiqarishdan voz kechdi va bor e`tiborini Surface brendi ostidagi yangi mahsulotlar qatoriga qaratdi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 18 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: