Главная » Mobil operatorlar
Shvetsiyaning Telia Company telekommunikatsiya holdingi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasi nazorat qiladigan aloqa operatori «Megafon»dagi aksiyalarini sotdi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko'ra, 6,2 foizlik ulush (38,5 million aksiya) 392,7 million dollarga sotilgan. Bir aksiya 585 rublga baholangan (22,522 mlrd rubl).

«Telia ''Megafon''dagi aksiyalarining 6 foizdan ortiq qismini taxminan 3,2 mlrd shved kronasiga (391,7 mln dollar) sotdi», — deyilgan Telia bayonotida.

«Interfaks» xabariga ko'ra, bu kelishuvda bir aksiya bahosi Moskva birjasida dushanba kungi baholardan 8,45 foizga arzon bo'ldi. Dushanba kungi savdolarda «Megafon»ning bir dona aksiyasi 639 rublga baholangandi.

USM Holdings Rossiyadagi yirik aloqa operatorlaridan biri — «Megafon»ning nazorat qiluvchi aksiyadorlaridan biridir (56,32 foiz); Telia ham mazkur operator egalaridan biri sanalardi (25,17 foizlik ulush). Endi shved kompaniyasining ulushi ... Читать дальше »
Категория: Mobil operatorlar | Просмотров: 90 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 05.10.2017 | Комментарии (0)