Главная » 2017 » Октябрь » 5 » Moskvaning 5 yulduzli mehmonxonalarida joy qolmadi: Saudiya Arabistoni podshosi Rossiyaga keldi
07:00
Moskvaning 5 yulduzli mehmonxonalarida joy qolmadi: Saudiya Arabistoni podshosi Rossiyaga keldi
4 oktabr kuni Saudiya Arabistoni Salmon bin Abdul Aziz Al Saud saudiyalik podsholar orasida birinchi bo'lib Moskvaga keldi. Uning tashrifi 7 oktabrgacha davom etadi.

Qayd etish joiz, Rossiya hukumati mazkur tashrifga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. 2-8 oktabr kunlari Moskvada ilk marotaba Saudiya Arabistoni madaniy haftaligi bo'lib o'tadi. Shahar ko'chalarida bilbordlar o'rnatildi. Vnukovo aeroportidan shahargacha bo'lgan yo'llarning chekkalariga podshohni olqishlovchi so'zlar osib chiqildi.

Rossiyada Saudiya monarxining tashrifini tarixiy deb baholamoqda. 5 oktabr kuni Moskvada Vladimir Putin bilan, 6 oktabrda Dmitriy Medvedev uchrashadi.

Ming kishilik delegatsiya a`zolari qayerda va qanday yashaydi

3 oktabr kuni «Kalashnikov» konserni tashqi aloqalar direktori Sofiya Ivanovaning Facebook sahifasida yozishicha, Moskvadagi 5 yulduzli mehmonxona «barcha do'konlari va restoranlari bilan yopilgani haqida» «kutilmaganda bilib qolgan». Uning so'zlariga ko'ra, bu podshohning tashrifiga bevosita aloqador. Cheklov esa 7 oktabrdan keyin bekor qilinadi.

Ammo Ivanova o'z xabarida mehmonxonani «adashtirib» Ritz-Carlton haqida yozdi, keyinchalik xatosini tuzatib, Four Seasons mehmonxonasi ekanini yozdi. Mehmonxonadagi eng taniqli mehmonxonalar tarmog'i Qizil maydon, Kreml va Davlat dumasi yonida joylashgan.

Four Seasons bekorga tanlanmagan: podshoh bir necha marotaba aynan shu mehmonxonalar tarmog'ida to'xtagan. U birato'la barcha xonalarni band qilishni xush ko'radi. Bundan tashqari, mehmonxonalar ulushi podshoh jiyani Al Validga tegishli ekani aytiladi.

Keyinroq, Moskvadagi 5 yulduzli mehmonxonalar haddan ortiq yuklanganini RIA Novostiga ham tasdiqlashgan. Mehmonxonalar vakillariga ko'ra, podshoh delegatsiyasi Kreml va Qizil maydon atrofidagi, Manej maydoni, Lubyanka va Kuznets ko'prigi tevaragidagi mehmonxonalarning barcha oliy darajadagi bo'sh xonalarini band qilishgan. Delegatsiya a`zolari bir necha mehmonxonada, xususan Four Seasons, St. Regis va «Natsional» shular jumlasidan.

Agentlikning yozishicha, monarxning tashrifiga mos keluvchi sanalarda Kreml yonidagi 5 yulduzli mehmonxonalarda xonani band qilish mumkin emas. Bunday vaziyat juda kam holatlarda kuzatiladi va faqat yirik guruhlar buyurtma qilganida kuzatiladi. Four Seasons mehmonxonasidagi eng yirik va keng hisoblanuvchi 500 metr2 maydonli xonaning bir kunlik narxi 1 mln rublga yaqin turadi.

Ayrim xonalarda podshohning kelishi avvalida Yevropacha uslub o'zgartirildi: Ar Riyoddan gilamlar va mebel keltirildi. Tashrif tugaganidan keyin «Osiyoga xos holat» omborxonaga qo'yiladi. Boshqa o'zgarishlardan biri taomnomada vaqtinchalik cho'chqa go'shtining olib tashlanishidir.

Maxsus xizmatlarning «Kommersant` FM» bilan suhbatda aytishlaricha, shu kabi tashriflardan 1-2 hafta oldin xavfsizlik xodimlari mehmonxona va aniq bir xonani tanlashadi. Kelishdan bir kun avval binolarda «maxsus tartib ishlari» o'tkaziladi.

Ta`kidlash o'rinliki, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi uzoq safarlarga og'ir yuk bilan boradi. Masalan, shu yilniing mart oyida Indoneziyaga tashrif buyurgan podshoh 9 kunga 459 tonna yuk bilan borgan. Ular orasida 2 ta Mercedes S600 va 2 ta elektr lift ham bor edi. O'shanda 800 kishilik delegatsiya a`zolarini tashish uchun 27 ta reys amalga oshirilgandi.
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 25 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: