Главная » 2017 » Октябрь » 13 » O'zbekiston Mudofaa vaziri: «Biz Tojikistonning chegaradagi vaziyat bo'yicha tashvishini tushunamiz»
06:42
O'zbekiston Mudofaa vaziri: «Biz Tojikistonning chegaradagi vaziyat bo'yicha tashvishini tushunamiz»
O'zbekiston hukumati Tojikistonning MDH davlatlari janubiy chegaralaridagi vaziyat bo'yicha tashvishda ekanini tushunadi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuv chog'ida O'zbekiston Mudofaa vazirligi rahbari, general-mayor Abdusalom Azizov. Muloqot Dushanbe shahrida 12 oktabr kuni bo'lib o'tgan Hamdo'stlik mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashining majlisi doirasida o'tkazildi.

Uchrashuvda Rossiya, Belarus, Qozog'iston, Armaniston, Ozarboyjon, Tojikiston, O'zbekiston Mudofaa vazirliklari rahbarlari, Qirg'iziston bosh shtabi boshlig'i va Turkmaniston elchixonasining harbiy attashesi ishtirok etdi.

O'zbekistonlik vazirning so'zlariga ko'ra, mamlakat «Hamdo'stlik janubiy chegaralari mudofaa qobiliyatini ta`minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi». U O'zbekistonning ishtiroki zarur bo'lgan joylarda hukumat chetga chiqib turmasligiga ishontirdi. «Afg'oniston bilan chegaramiz bor. Misol uchun, Tojikiston yoki Qirg'izistonda nimadir sodir bo'lishi - bizning O'zbekiston uchun qandaydir ta`sir o'tkazmasligi imkonsiz. Chunki bu yerda bitta organizm, bir qon aylanishi mavjud. Ba`zi joylarda mamlakatlarimiz o'rtasida deyarli hech qanday chegaralar mavjud emas. Shu bois, bu yo'nalishda hamkorlik va o'zaro harakatlarni tashkil etish hamda ta`minlash juda muhim», - degan Abdusalom Azizov.

Tojikiston Mudofaa vazirligining matbuot kotibi Faridun Mahmadalizodaga ko'ra, O'zbekiston Mudofaa vazirligi rahbari so'nggi 20 yil ichida birinchi marta Tojikistonga keldi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 74 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: