Главная » 2017 » Октябрь » 6 » O'zbekiston TIV Kongoda O'zbekiston fuqarolari halok bo'lgani haqidagi xabarni tekshirmoqda
20:43
O'zbekiston TIV Kongoda O'zbekiston fuqarolari halok bo'lgani haqidagi xabarni tekshirmoqda
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 30 sentabr kuni Kongo poytaxti Kinshasa shahrida An-12 harbiy transport samolyoti halokatga uchrashi oqibatida halok bo'lganlar orasida o'zbekistonliklar ham bo'lgani haqidagi xabarni tekshirmoqda.

Bundan avvalroq Kongo Demokratik Respublikasi Mudofaa vazirligi tarqatgan xabarga ko'ra, xorij nashrlari ushbu halokat tufayli Rossiya, Ukraina va O'zbekiston fuqarolari halok bo'lgani haqida yozgandi.

Xabarlarda bu fojia qurbonlari Kongo Demokratik Respublikasida xususiy shartnoma asosida ishlagani qayd etilgandi.

TIV xabarida ma`lum qilinishicha, Kongo Demokratik Respublikasida O'zbekiston fuqarosi vafot etganini tasdiqlash maqsadida O'zbekistonning Qohiradagi Elchixonasi Kongo Demokratik Respublikasi Elchixonasi bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 27 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: