Главная » 2017 » Октябрь » 14 » O'zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbariyati o'z xodimlariga Toshkentdan propiska so'rashi mumkin
06:56
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbariyati o'z xodimlariga Toshkentdan propiska so'rashi mumkin
Endi Yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy propiskaga ega bo'lishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktabrdagi 813-sonli qaroriga muvofiq O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati xududida doimiy propiskaga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi.

Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan, Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to'g'risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo'lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat ro'yxatiga 61-band sifatida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi qo'shilmoqda.

Qayd etish joiz, mazkur qaror Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan «Yoshlar» uylaridan birini sotib olish imkoniyatini beradi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 36 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: