Главная » 2017 » Октябрь » 4 » O'zbekistonda 400 mingga yaqin mehnat muhojirini "qora ro'yxat"dan chiqarish mo'ljallanmoqda
06:22
O'zbekistonda 400 mingga yaqin mehnat muhojirini "qora ro'yxat"dan chiqarish mo'ljallanmoqda
Statistika ma`lumotlariga 400 mingga yaqin o'zbekistonlik muhojirlar Rossiyadan deportatsiya qilinib, Rossiyaga chiqa olmaydiganlar "qora ro'yxat"iga tushganlar.

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig'i o'rinbosari vazifasini bajaruvchi Xo'jabahlil Asomov ma`lum qilgan.

"Agentlik hozirda rossiyalik hamkorlar bilan mehnat muhojirlarini bu qora ro'yxatdan o'chirish va ularning Rossiyaga kirishlarining taqiqlanishi muddatini qisqartirish ustida ishlamoqdalar", deb ta`kidlab o'tdi Asomov.

Uning fikricha, mehnat muhojirlari deportatsiyasi huquqiy savodsizlik, ya`nikim u yoki bu davlat qonunlarini bilmaslik sababli yuz beradi.

Asomov shu ma`noda, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga apreldagi tashrifi vaqtida Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston fuqarolarini to'plash va jalb qilish haqidagi kelishuv imzolanganini eslatib o'tdi.

Asomov yoshlar press-klubi ishtirokchilari e`tiborini agentlik tomondan ushbu kelishuv negizida bajarilayotgan katta ko'lamli tadbirlarga qaratdi. Jumladan, yirik rossiyalik ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, moslashuv markazlari, ishchilarni chiqisholdi tayyorgarligi va ularni o'qitish markazlarining ochilishi haqida so'zlagan.

Asomovning ma`lum qilishicha, ayni kunda Rossiyada 1,5 mln ga yaqin o'zbekistonlik mehnat muhojiri bo'lib, ulardan 60 foizi 30 yoshdan kichik yoshlarni tashkil qiladi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: