Главная » 2017 » Октябрь » 22 » O'zbekistonda kuz oylarida yuz bergan eng muhim 5ta iqtisodiy o'zgarish
12:08
O'zbekistonda kuz oylarida yuz bergan eng muhim 5ta iqtisodiy o'zgarish
Kuz faslida O'zbekiston hukumati katta o'zgarishlar sari yuz burmoqda, xususan valyuta erkin konvertatsiyasidan boshlab, ayrim tovar va mahsulotlarga qo'yilgan aksiz soliqlar, boj to'lovlarini pasaytirishi shu sirasidan. Kun.uz kuz faslida yuz bergan jarayonlar ichida eng diqqatga sazovor beshta iqtisodiy o'zgarishlarni sarhisob qildi.

1. Valyuta erkin konvertatsiya amaliyoti

Foto: Kun.uz
Hech shubhasiz, ushbu amaliyotning joriy etilishi mamlakatda iqtisodiy hayotni birmuncha yangiladi. Endilikda bank filiallariga murojaat qilgan har qanday shaxs erkin valyutani ayirboshlash huquqidan foydalana oladi. Ammo, hozirgacha naqd pul ko'rinishida xorijiy valyutani sotib olish bo'yicha rasmiy bayonot berilmagan.

Reuters nashrining o'z manbasiga tayanib bergan xabarida, bu amaliyot 1 oktabrdan bo'lishi ko'zda tutilgandi. Keyinroq, xorijiy valyutani naqd pul ko'rinishida bank filiallaridan sotib olish 10 oktabrdan boshlanishi ma`lum qilingandi. Shunga qaramay, 5 12 sentabrning o'zida aholi 200 milliondan ortiq AQSh dollarni bankda so'm valyutasiga ayirboshlagan. Yuridik shaxslar esa 100 million dollarni almashtirgani qayd etilmoqda.

2. Xalqaro pul o'tkazmalarini so'mda amalga oshirish mumkin

Foto: Kun.uz
1 oktabrdan boshlab Qozog'iston, Rossiya, Qirg'iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarboyjon va Armanistonga pul o'tkazmalarni so'mda yuborish mumkin, deb bayonot bergan «O'zbekiston pochtasi» AJ rahbariyati. Pul o'tkazmasi amalga oshirilgan kundagi Markaziy Bank belgilagan valyuta ayirboshlash stavkasi bo'yicha konvertatsiya amalga oshiriladi.

3. Yevropa investitsiya banki O'zbekistonda ish boshladi

Foto: Alamy
O'zbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki vakillari Vashington shahrida moliyaviy va texnik yordam ko'rsatish maqsadida O'zbekistonda tashkil etilayotgan YeIB faoliyatiga oid bir nechta hujjatlar imzoladi. Shuningdek, O'zbekiston hukumati Jahon Bankidan 1 milliard AQSh dollari miqdorida moliyaviy ko'mak olishni rejalashtirmoqda.

4. Prezident ayrim turdagi mahsulotlarga nisbatan import bojini bekor qildi

Illyustrativ foto
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev neft va neft mahsulotlari, yirik va mayda chorva hayvonlari, go'sht va mayda chorva hayvoni go'shtlari, baliq mahsulotlari, kartoshka, sut, un va boshqa birlamchi oziq tovarlarga qo'yilgan import bojini bekor qildi. Joriy yilning 1 oktabr kunidan boshlab, ayrim turdagi tovar va mahsulot, umumiy hisobda 94 ta guruhda tasniflangan mahsulotlarga yangi boj stavkalari, 34 ta guruhdagi tovarlarga nisbatan yangi stavkadagi aksiz soliqlar joriy etildi.

5. Avtomobil importiga qo'yilgan aksiz solig'i pasaytirildi

Illyustrativ foto
O'zbekiston 1 oktabrdan boshlab Qozog'istonda ishlab chiqarilgan tibbiy maqsaddagi transport vositalaridan boshqa barcha turdagi ulovlarga nisbatan aksiz solig'ini pasaytirdi. Endilikda Rossiya, Ukrania va Belarus Respublikalarida ishlab chiqarilgan mashinalar qatoriga Qoziog'iston mahsuloti ham qo'shildi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 48 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: