Главная » 2017 » Октябрь » 6 » O'zbekistonlik 9 bokschi Qozog'istondagi turnir yarim finaliga chiqdi
20:49
O'zbekistonlik 9 bokschi Qozog'istondagi turnir yarim finaliga chiqdi
Qozog'istonning Aktau shahrida boks bo'yicha xalqaro xotira turniri o'tkazilmoqda. Ushbu turnirga borgan O'zbekiston vakillaridan 9 nafari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ushbu turnirda 15 ga yaqin davlat – O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo'g'iliston, Qozog'iston, Belarus, Polsha, Finlyandiya, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston, Rossiyadan 200 nafardan ortiq charm qo'lqop ustalari g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda.

5 oktabr kuni «Mangustau Arena»da bo'lib o'tgan chorak final janglaridan so'ng turnirda ishtirok etish uchun borgan 10 nafar o'zbekistonlik bokschidan 9 nafari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

6 oktabr kuni yarim final, 7 oktabr kuni esa turnirning hal qiluvchi bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Chorak finalda o'zbekistonlik bokschilar quyidagi raqiblardan ustun kelishgan:
49 kg Mironshoh Ibrohimov - Abay Eskuatov (Qozog'iston)
56 kg. Otabek Xolmatov - Nigmetolla Moldashev (Qozog'iston)
60 kg. Murodjon Ahmadaliyev - Meirbolat Toitov (Qozog'iston)
64 kg. Elnur Abduraimov - Nurlixat Otepbergenov (Qozog'iston)
69 kg. Mahmud Gaipov - Ilyas Adzinayev (Belarus)
75 kg. Isroil Madrimov - Rufat Huseynov (Ozarboyjon)
81 kg. Madiyar Saidrahimov - Amir Nalgiyev (Qozog'iston)
91 kg. Sanjar Tursunov - Nikoloz Begadze (Gruziya)
+91 kg. Bahodir Jalolov - Nurbolat Sermahanov (Qozog'iston). Endi Bahodir yarim finalda armanistonlik David Chaloyan bilan kuch sinashadi.

52 kg vaznda O'zbekiston sharafini himoya qilgan Foziljon Abdumurodov Bakkoj Inayatullayevga (Qozog'iston) imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan.
Категория: Sport Habarlari | Просмотров: 29 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: