Главная » 2019 » Январь » 17 » O‘zbekiston Yaponiyaga yutqazdi, endi Kuper shogirdlari pley-offda Avstraliya bilan o‘ynaydi
20:05
O‘zbekiston Yaponiyaga yutqazdi, endi Kuper shogirdlari pley-offda Avstraliya bilan o‘ynaydi
17-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi “F” guruhida 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

So‘nggi turda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa favoritlardan biri Yaponiya termasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida Eldor Shomurodov o‘ng qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi va ikki nafar futbolchini aldab, o‘ng oyog‘i bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Eldorning musobaqadagi 4-goli bo‘ldi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib, Yoshinori Muto Sei Muroya uzatmasini boshi bilan Ignatiy Nesterov darvozasiga kiritdi (1:1).

2-bo‘limning 58-daqiqasida Tsukasa Shiotani uzoq masofadan kuchli zarb bilan darvozani ishg‘ol qildi (2:1).

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi guruh bahslarini 2-o‘rinda tugalladi. Endi O‘zbekiston termasi musobaqaning 1/8 finalida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Категория: Fudbol yangiliklari | Просмотров: 58 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: