Главная » 2017 » Октябрь » 10 » Qirg'iziston sobiq bosh prokurori 5 yilga qamaldi
19:49
Qirg'iziston sobiq bosh prokurori 5 yilga qamaldi
Qirg'iziston sobiq bosh prokurori, muxolif deputat Aida Salyanova o'z xizmat vakolatini suis`temol qilgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Sputnik Qirg'iziston xabar bergan.

2016 yilning dekabrida Qirg'iziston bosh prokuraturasi matbuot xizmati Salyanovaga qarshi jinoiy ish u adliya vaziri lavozimini egallagan paytida “xizmat vakolatini suiste`mol qilgani” uchun qo'zg'atilgani haqida xabar qilgandi. Gap 2010 yilda sobiq prezident Kurmanbek Bakiyevning o'g'liga yaqin bo'lgan hamda qidiruvga berilgan Aleksey Yeliseyevning advokatlik litsenziyasi tiklangani haqida bormoqda.

"Ota-Makon” fraksiyasidan Jo'qorg'i Kenesh deputati, sobiq bosh prokuror Aida Salyanova Bishkekning Lenin tumani sudi qarori bilan besh yilga ozodlikdan mahrum etildi", - deyiladi xabarda.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Salyanovaning mol-mulki ham musodara qilinadi. Biroq, jazoni ijro etish haqidagi qaror uning 2015 yilda tug'ilgan farzandi 14 yoshga to'lganidan so'ng kuchga kiradi.

Salyanova prezident Bakiyev hokimiyatdan chetlatilgach, Qirg'iziston vaqtinchalik hukumatining a`zolaridan biri bo'lgan. U adliya vaziri, keyinroq esa bosh prokuror sifatida ishlagan.
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 22 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: