Главная » 2017 » Октябрь » 10 » Ravon Rossiya avtobozorida 445 foizlik o'sishni qayd etdi
19:50
Ravon Rossiya avtobozorida 445 foizlik o'sishni qayd etdi
Joriy yil sentabrida Rossiyada yangi yengil avtomobillar savdosi 17,9 foizga o'sdi. Rossiyaliklar bir oyda 148 ming 371 dona mashina xarid qilgan. Ta`kidlanishicha, savdolar hajmi yettinchi oydirki o'sishda davom etmoqda. Eng ommabop modellar reytingida esa Koreyaning Kia Rio sedani Rossiyaning Lada Granta modelini bir necha oydan beri ortda qoldirmoqda. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasining oylik hisobotida so'z yuritilgan.

Unga ko'ra, iyuldan sentabr oyigacha bo'lgan chorak davrda jami 410 mingta mashina sotilgan. Shu bilan ikki yil avvalgi shu chorak natijasini takrorlab, 17,7 foizlik o'sishga erishdi. Umuman kompaniyalar reytingida «AvtoVAZ» birinchi o'rinni saqlab qolmoqda. U bir oyda jami 28,2 ming avtomobil sotishning uddasidan chiqqan. Bu avvalgi ko'rsatkichdan 24 foiz ko'p demakdir. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarda Janubiy Koreyaning ikki kompaniyasi Kia va Hyundai bormoqda.

O'zbekistonning Ravon savdo belgisi ham Rossiya avtobozorida avvalgi yilga nisbatan o'z pozitsiyasini sezilarli yaxshilay olmoqda deyish mumkin. O'tgan oyda kompaniya 1602 ta mashina sotgan bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan (294 ta) 445 foizlik o'sish demakdir.

Shu yilning o'tgan 9 oyi mobaynida 9 341 dona turli markadagi Ravon modellari xaridorlarga yetkazib berilgan. Bu borada yillik o'sish 1462 foizni tashkil etgan.

Joriy yil boshidan beri Rossiyada 1 129 374 avtomobil sotilgan. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 10,6 foizga ko'p demakdir.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 77 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: