Главная » 2017 » Октябрь » 9 » Rossiya "telefon terrorchilari" hujumiga uchradi
20:16
Rossiya "telefon terrorchilari" hujumiga uchradi
Shu yilning 11 sentabridan e`tiboran Rossiyaning 144 shahrida, jami 2300 dan ortiq anonim telefon qo'ng'irog'i orqali, portlash xavfi to'g'risida xabar berilgan. Bu haqda TASS kuchishlatar idoralarga tayanib xabar bermoqda.

«11 sentabrdan 9 oktabrga qadar 144 shaharda "telefon terrorchilar" hujumiga 2300 dan ortiq ob`yekt uchragan. Ularning ichida savdo markazlari, maktablar, temir yo'l bekatlari, aeroportlar, kinoteatrlar, tungi klublar va davlat hokimiyati idoralari bor.

Voqea natijasida 950 mingdan ortiq inson evakuatsiya qilingan" - dedi manba.

Aytish joizki, "bomba borligi" haqidagi barcha xabarlar yolg'on bo'lib chiqqan.

Avvalroq, Rossiya federatsiyasi xavfsizlik xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov barcha hujumlar rossiyalik fuqarolar tomonidan, xorijdan turib amalga oshirilganini, ularning Rossiya hududida sherigi borligini aytgan edi.

«Oson bo'lmasa-da, biz bu shaxslarni aniqladik - ular Rossiya fuqarolari. Ularning to'rt nafari xorijdan turib shu ishlarni amalga oshirgan - bu aniq. Ularning sheriklari esa mamlakat hududida. Hozirgi paytda qidiruv-tergov ishlari olib borilmoqda», — dedi u.

Endi Rossiya FXX qonunchilik bilan shug'ullanuvchi deputatlar bilan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Rossiya hududidagi ob`yektlarda bomba borligi haqida yolg'on xabar tarqatuvchilarni izlash va qo'lga olish ishlari xorijiy kuchishlatar idoralari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Категория: Horij Yangiliklari | Просмотров: 18 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: