Главная » 2017 » Октябрь » 4 » Rossiyaning ikki viloyatida GM Uzbekistan avtomobillari yig'iladi
06:23
Rossiyaning ikki viloyatida GM Uzbekistan avtomobillari yig'iladi
Rossiyaning Samara va Leningrad viloyatlarida GM avtomobillari yig'ilishiga doir muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqida 3 oktabr kuni O'zbekiston-Rossiya biznes forumida ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

"Samara va Leningrad viloyatlarida GM Uzbekistan avtomobillarining sanoat yig'ilishini tashkil qilishga doir muzokaralar olib borilmoqda", - dedi O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari Nodir Otajonov.

Shuningdek biznes-forumda ma`lum qilinishicha, og'ir yuk avtomobillarni O'zbekistonda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va "KAMAZ" bosh konveyerida avtotexnikani yig'ish uchun O'zbekistondan komponentlarni yetkazish bo'yicha "KAMAZ" OAJ bilan muzokaralar olib borishga erishilgan. Avtosanoat korxonalari tomonidan UAZ va AvtoVAZ konveyr guruhiga ehtiyot qismlarini yetkazib berish yo'lga qo'yildi.

Chirchiq qishloq xo'jalik texnikasi zavodi bazasida "Rostselmash" kompaniyasi bilan yig'im-terim texnikasini sanoat yig'ish yo'lga qo'yildi.

Shuningdek "Rostex" davlat korporatsiyasi bilan yuqori texnologik qo'shma loyihalarni amalga oshirishga doir hamkorlikka ham katta e`tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shu o'rinda O'zbekiston buning uchun barcha kulay sharoitlarni yaratishi ta`kidlandi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 23 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: