Главная » 2017 » Октябрь » 3 » Samsung kompaniyasi Galaxy S8’dan ko'ra iPhone X’dan ko'proq daromad olishi hisoblab chiqildi
07:52
Samsung kompaniyasi Galaxy S8’dan ko'ra iPhone X’dan ko'proq daromad olishi hisoblab chiqildi
Mutaxassislar Samsung kompaniyasi o'zining asosiy raqobatchisi Apple’ning iPhone X smartfonidan qancha daromad olishini hisoblab chiqishdi. Aniqlanishicha, koreys kompaniyasi har bir sotilgan gajyetdan 110 dollar atrofida oladi.

Mutaxassislar iPhone X’da ishlatilgan bo'lishi mumkin bo'lgan Samsung’ning butlovchi qismlari narxini tahlil qilib, shu fikrga kelishgan.

Samsung tomondan ayfon uchun ishlab chiqilgan eng qimmat qism OLED-ekran hisoblanadi. Biroq, tahlilchilar fikricha, Samsung kompaniyasi Apple uchun batareya va kondtsiionerlar ham yaratgan.

"Samsung iPhone X’ning turli qismlari sababli o'zining Galaxy S8 smartfoni detallarini ishlab chiqarishdan 4 mlrd dollar ko'proq ishlab topadi", deyishgan mutaxassislar.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: