Главная » 2019 » Январь » 16 » Senat 100 000 so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma'qulladi
13:36
Senat 100 000 so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma'qulladi

15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100 000 so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma'qulladi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda ko‘ra muomalaga chiqarilmoqda:

 

- aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;

- naqd pullarni saqlash va tashish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish;

- aholiga bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatishda samaradorlikni oshirish;

- muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.

 

100 000 so‘m qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatmaydi, deyiladi xabarda.

 

Yangi nominaldagi banknotning ko‘rinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank milliy valuta qiymatining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma'lumotni rad etgandi.

 

Manba: kun.uz

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 23 | Добавил: Admin | Теги: Senat 100 000 so‘mlik banknot namun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: