Главная » 2017 » Октябрь » 21 » Shavkat Mirziyoyev 12 yoshli xalqaro shaxmat ustasiga MacBook sovg'a qildi
06:48
Shavkat Mirziyoyev 12 yoshli xalqaro shaxmat ustasiga MacBook sovg'a qildi
Shaxmat bo'yicha jahon va Osiyo chempionatlari g'olibi, xalqaro shaxmat ustasi, 12 yoshli Javohir Sindorovga O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sovg'asi topshirildi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

O'zAning yozishicha, to'rt yarim yoshidan shaxmat bilan muntazam shug'ullanib kelayotgan Javohirning erishgan yutuqlariga jahonning yetakchi shaxmatchilari ham havas qiladi.

Jahon va Osiyo chempionati g'olibi, xalqaro shaxmat ustasi Javohir Sindorov O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan eng so'nggi rusumdagi zamonaviy noutbuk (MacBook) bilan taqdirlandi.

«Prezidentimizning biz yoshlarga ko'rsatayotgan ulkan e`tibor va g'amxo'rligidan minnatdormiz. Xalqaro maydonda erishayotgan g'alabalarimiz mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan e`tibor tufaylidir. Prezidentimizning sovg'asi meni yanada yuksak marralar sari ruhlantiradi, kelajakda xalqaro grossmeyster talabini bajarishimda yaqin ko'makdoshim bo'ladi», deydi yosh shaxmatchi.

Javohir Sindorov 2012 yil Hindistonda maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida oltin va kumush medallarga sazovor bo'ldi. 2013 yil Eronda shaxmat bo'yicha 18 yoshgacha o'g'il-qizlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi.

2014 yil Gretsiyada maktab o'quvchilari o'rtasida shaxmatning rapid va blits yo'nalishlari bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida Javohir Sindorov biryo'la ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi. Braziliyada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha jahon chempionatida ham oltin medalga sazovor bo'ldi.

2015 yil Tailandning Pattayya shahrida shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatida yana shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 2016 yil Rossiyada o'tkazilgan maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatida kumush medal bilan taqdirlandi.

2017 yilgi sport mavsumi ham Sindorov uchun muvaffaqiyatli bo'lmoqda. Javohir aprel oyida Toshkentda shaxmat bo'yicha 8—18 yoshgacha o'g'il-qizlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi.

Yaqinda Turkiyaning Antaliya shahrida o'tgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE ning 88-Kongressida o'zbekistonlik yosh shaxmatchi Javohir Sindorovga xalqaro shaxmat ustasi unvoni berilgani e`lon qilindi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 52 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: