Главная » 2017 » Октябрь » 10 » Shavkat Mirziyoyev Cochi shahriga yetib bordi
19:46
Shavkat Mirziyoyev Cochi shahriga yetib bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga keldi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Prezidentni Sochi xalqaro aeroportida Rossiya rasmiy doiralari va MDH Ijroiya qo'mitasi vakillari kutib oldi.

MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisining asosiy tadbirlari 11 oktabrga mo'ljallangan. Majlis kun tartibiga Hamdo'stlik doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir 20 ga yaqin masala kiritilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o'tkazadi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 21 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: