Главная » 2017 » Октябрь » 9 » «Super kontrakt»dagilar​ uchun o'qish qachon boshlanadi?
20:09
«Super kontrakt»dagilar​ uchun o'qish qachon boshlanadi?
2017 yil 20 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida​»gi 393-sonli qarori qabul qilingandi.

Unga ko'ra, abituriyentlarni to'lov-kontrakt bo'yicha belgilangan kvotadan tashqari qo'shimcha ravishda o'qishga qabul qilish tartibiga oydinlik kiritilgan. Soddaroq qilib aytganda, «super kontrakt» amaliyotini joriy etish jarayoni qaror bandlari bilan aniq ifodalab berilgan.

2017/18 yilgi davlat qabul imtihonlarida yetarli ball to'play olmay, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar oshirilgan stavka bo'yicha kontrakt-to'lov summasini to'lashga rozi bo'lsa, o'qish istagini bildirgan oliygoh huzurida tashkil etilgan Qabul komissiyaga murojaat etib, yozma ariza kiritishi so'raladi. Eslatib o'tamiz, ariza topshirish muddati ertaga, 10 oktabr kuni yakuniga yetadi.

Qo'shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta`lim muassasalari tomonidan bo'ysunuvi bo'yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi hamda belgilangan sanadan so'ng qo'shimcha qabul bo'yicha natijalar e`lon qilinadi.

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmatining Kun.uz nashriga ma`lum qilishicha, oshirilgan stavka kontrakt-to'lovi bo'yicha o'qishga qabul qilingan talabalar ro'yxati joriy yilning 30 oktabr kuni e`lon qilinadi va shundan boshlab o'qishni to'laqonli boshlashi mumkin.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 18 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: