Главная » 2017 » Октябрь » 11 » Talabalarni harbiy kafedralarga qabul qilish tartibi belgilandi
20:09
Talabalarni harbiy kafedralarga qabul qilish tartibi belgilandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi №809-qarori bilan O'zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalaridagi harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalari haqidagi Nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.uz.

O'quv bo'linmalari — oliy o'quv yurtlarining zaxira va rezerv zobitlari tayyorlanadigan sikllari va kurslari, harbiy kafedralari, harbiy o'quv fakultetlaridir. Harbiy tayyorgarlikni kunduzgi bo'limda o'qiydigan yigit talabalar, shuningdek, tibbiyot oliy o'quv yurtlarining jinsidan qat`i nazar barcha talabalari (o'qiyotgan ayollar jami talabalar sonining 10 foizidan oshmasligi kerak) o'tashadi.

Harbiy tayyorgarlikni rektorning shu xususdagi bo'yrug'i e`lon qilingan kuni 27 yoshdan kichik bo'lgan, salomatligi nuqtai nazaridan sog'lom, tanlovdan o'tgan talabalar o'tashadi.

Harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalariga talabalarni tanlov asosida tanlab olishning asosiy mezonlari quyidagicha:

1. Tibbiy tekshiruvdan o'tish. Harbiy o'quv fakulteti (harbiy kafedra) boshlig'ining talabnomasiga ko'ra, OO'Yuning joylashgan hududidagi mudofaa ishlari boshqarmasi (bo'limi) tibbiyot komissiyasi tomonidan o'tkaziladi.

2. Individual-psixologik o'rganish. Talabalarning mudofaa vazirligi psixolog-mutaxassislari tomonidan psixologik testdan o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi va uning natijasiga ko'ra quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:

«harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmasida o'qitish uchun tavsiya etiladi»;

«harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmasida o'qitish uchun tavsiya etilmaydi»;

3. OO'Yuda o'qish mobaynida olingan bilimlarni baholash natijalari. Harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmasida o'qitishdan avval o'qish mobaynida olingan ballarni qo'shish natijasida yig'iladi;

4. Umumjismoniy tayyorgarlikni baholash. Mudofaa vazirligi mutaxassislari tomonidan o'tkaziladi. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi o'rnatilgan talablarga ko'ra baholanadi. Jismoniy tayyorgarlik talablariga javob bera olmagan talabalar tanlovning keyingi tadbirlariga qo'yilmaydi;

5. Boshlang'ich harbiy tayyorgarlik dasturi bo'yicha bilim darajasini baholash. Test yo'li bilan o'tkaziladi.

O'qishga qabul qilingan talabalar o'quv guruhlariga bo'linadi. Talabalarning harbiy tayyorgarligiga 528 soat ajratiladi, jumladan:

450 soat — auditoriyadagi mashg'ulotlarga. O'rnatilgan tartibga ko'ra harbiy kun usulida o'tkaziladi (mashg'ulot o'tkaziladigan kunda talabalar faqat harbiy tayyorgarlik bilan shug'ullanishadi). O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uchun kuniga 6–8 soat ajratiladi;

78 soat — o'quv yig'inlariga. Yig'in mobaynida o'qotar quroldan o'quv otishmasi bajariladi, sportning harbiy-amaliy turlari bo'yicha sport tadbirlari o'tkaziladi, harbiy tayyorgarlik bo'yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkaziladi va talabalar harbiy qasamyod qabul qilishadi. O'quv yig'inlarining davomiyligi — 15 kalendar kundan iborat.

Hujjat qonunchilik milliy ma`lumotlar bazasida rasman e`lon qilingan va 2017 yil 10 oktabrdan kuchga kirgan.
Прикрепления: Картинка 1 · Картинка 2
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 17 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: