Главная » 2017 » Октябрь » 4 » Taniqli arxitektor Yan Geyl Toshkent qurilishining yangi bosh rejasini ishlab chiqishga jalb etiladi
06:22
Taniqli arxitektor Yan Geyl Toshkent qurilishining yangi bosh rejasini ishlab chiqishga jalb etiladi
Bugun, 3 oktabr kuni Toshkent shahar hokimiyatida Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Asomiddin Tojiyev kelajakdagi rejalar, belgilangan maqsad va vazifalar haqida yig'ilganlarni tanishtirib o'tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma`lum bo'lishicha, Toshkent shahrini qurish bo'yicha taniqli arxitektor Yan Geylning tavsiyalari inobatga olinadi. Shuningdek, yangi asosiy ish rejasini tuzishda shaxsan arxitektorning o'zi konsultant sifatida taklif qilinishi ko'zda tutilgan.

Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi
boshlig'i o'rinbosari Asomiddin Tojiyev
"Toshkentda yangi qurilishlarni loyihalashtirishga bir necha xorijiy mutaxassislar va arxitektorlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, taniqli arxitektor Yan Geyl tavsiyalarini hisobga olgan holda piyodalar yo'lkasi, velosiped yo'llari, panduslar qurish maqsad qilingan. Geylning so'zlariga ko'ra, O'zbekistonda aholi uchun maksimal darajadagi qulay sharoitlar yaratish uchun katta salohiyat va yetarlicha zaxira mavjud. Ayniqsa, ko'chalardagi yo'llarning kengligi ko'plab qurilishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Biroq buning uchun ko'p vaqt talab etiladi. Masalan, Amsterdamga buning uchun 8 – 10 yil sarflangan. Yan Geyl biz bilan ishlashga rozi bo'ladi, degan umiddamiz", - deya qayd etdi Tojiyev.

Boshqarma boshlig'i o'rinbosari xorijlik arxitektorlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar muddati hozircha noma`lum ekanligini bildirdi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 29 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: