Главная » 2019 » Январь » 23 » Tataristonlik mashhur qo‘shiqchi sahnada vafot etdi
14:33
Tataristonlik mashhur qo‘shiqchi sahnada vafot etdi
Mashhur tataristonlik qo‘shiqchi va vokal o‘qituvchisi Faniya Xaliullova sahnada vafot etdi, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Mudhish hodisa 20-yanvar kuni kechki payt yuz bergan. “Karligach” va “Neugasimiye zvezdi” ansambllari rahbarining ahvoli sahnada og‘irlashib qolgan. 53 yoshli qo‘shiqchi to‘satdan hushini yo‘qotib, yiqilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar uni qutqarib qololmagan. Dastlabki talqinlarga ko‘ra, o‘limning sababi yurak to‘xtashi bo‘lgan. Tomoshabinlardan biri xonanda hayotining so‘nggi onlarini videoga muhrlagan.

Dimitrovgradliklar Faniya Xaliullovani iste’dodli qo‘shiqchi va pedagog sifatida tanilgan. U tatar milliy bayramlarining beqiyos boshlovchilaridan edi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 35 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: