Главная » Tehnalogik yangiliklar
AQShning chiplar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi intellektual mulk bo'yicha Pekin sudiga Xitoyda iPhone ishlab chiqarilishini taqiqlash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya Apple’ni uning texnologiyalarini haq to'lamagan tarzda qo'llashda ayblamoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.

"Apple Qualcomm tomondan yaratilgan texnologiyalarni qo'llab, ularga pul to'lamayapti", deb aytdi Qualcomm matbuot kotibi Kristin Trimbl.

Qualcomm’ning eng taniqli mahsulotlari Snapdragon seriyasidagi protsessorlar hisoblanadi. Bu protsessorlar zamonaviy smartfon, planshetlarning aksariyatida va boshqa qurilmalarda qo'llanadi. Qualcomm daromadining anchagina qismi, shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari asosida yotgan ixtirolardan patentlarga to'g'ri keladi.

Apple va Qualcomm o'rtasidagi qarama-qarshilik 2017 yil boshida boshlangan. O'shanda Apple Qualcomm‘ni litsenziyalashning adolatsiz amaliyotini qo'llash, chiplarga narxlarn ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 80 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 14.10.2017 | Комментарии (0)

AQShning MegaBots va Yaponiyaning Suidobashi Heavy Industry kompaniyalari tomondan yaratilgan odam ko'rinishidagi jang robotlari qo'l jangi bo'yicha bellashadigan bo'ldi.

6 tonnadan ko'proq vaznga ega ikki robotning dunyodagi ilk olishuvi 17 oktabrda bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda TechCrunch portali.

Ikki robotning jangi bo'yicha muzokaralar 2017 yil boshidan olib borilgan va shu ma`lum bo'ldiki, jang 12 tonnalik va balandligi 5 metr bo'lgan MegaBot Mk.III va 4 metr balandlik va 6,5 tonnaga ega bo'lgan Kuratas robotlari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Robotlar dueli Twitch videoservisi orqali 17 oktabrdan 18 oktabrga o'tar kechasi namoyish qilinadi. AQSh va Yaponiyadan tashqari, bunday robotlarni yaratish bilan Xitoy shug'ullanadi. Xitoylik muhandislar tomondan Monkey King roboti yaratilgan. AQSh vakillarining aytishlaricha, agar ularning roboti yapon robotini yutsa, unda ular Xitoy robotini jangga chorlaydilar.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 83 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 14.10.2017 | Комментарии (0)

Boshqirdiston poytaxtidan uzoq bo'lmagan joyda ufaliklar «Daewoo» rusumidagi ulkan avtomobillarning turargohiga duch kelishgan, deb yozadi «Komsomolskaya pravda — Ufa». Mashinalarning soni bir yarim mingga yaqin. Turargohda «Matiz», «Jyentra»larni uchratish mumkin, biroq eng ko'p maydonni «Neksiya»lar egallab turibdi. Turargoh kuzatuv kameralari bilan jihozlangan, atrofi baland devor bilan o'ralgan va to'rtta soqchilik posti o'rnatilgan.

«Komsomolskaya pravda» muxbiri bu avtomobillar kimga tegishli ekanligi, ular chindan ham unutib tashlab ketilganmi-yo'qligiga aniqlik kiritmoqchi bo'lgan.

— Bir necha muddat avval avtosalonda ushbu avtomobillarni sotishni taqiqlashgan, chunki soliqdan katta qarzdorlik vujudga kelgan. Shunda avtomobillarni O'zbekistonga qaytarib olib ketishga harakat qilishgan, lekin buning uddasidan chiqishmagan — bojxonada ma`lum bo'lishicha, ushbu avtomobillarga nisbatan hibs joriy etilgan ekan, — degan «Komsomolskaya pravda»ga o'z manbasi. ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 88 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 13.10.2017 | Комментарии (0)

Dasturchi Feliks Krauz o'z blogida iOS operatsion tizimida ishlovchi istalgan qurilmadan AppStore’ga kirish ma`lumotlarini o'g'irlashga imkon beruvchi nuqson haqida ma`lum qildi.

iOS qurilmasi bilan ishlash vaqtida operatsion tizim vaqti-vaqti bilan AppStore’dagi akkaunt parolini kiritishni so'raydi. Bu fon rejimida ishlovchi ba`zi dasturlar sababli suzib chiquvchi oyna ko'rinishida yuz beradi.

Dasturchi bunday so'rovni istalgan dastur amalga oshirishi mumkinligini aniqladi. So'rov esa dastur kodida 30 dan ko'p bo'lmagan qatorni egallaydi va AppStore filtrlaridan oson o'tadi. Tizim va yot dasturning so'rovini deyarli farqlab bo'lmaydi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 84 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 13.10.2017 | Комментарии (0)

Mail.Ru Group xodimlari Rossiya, Belarus, Qozog'iston va O'zbekiston maktablarida IT bo'yicha darslar o'tkazadi.

Asosiy maqsadlar – maktab o'quvchilariga o'z professional kelajagini aniqlashtirib olishga yordam ko'rsatish, ularni sifatli ta`lim olishga rag'batlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash. Aktsiya 13 oktabr kuni Rossiyaning 34 mintaqasi, shuningdek, Belarus, Qozog'iston va O'zbekistonda bo'lib o'tishi mo'ljallangan.

«IT-bilimlar Kuni» aksiyasi doirasida Mail.Ru Group xodimlari o'zlari ta`lim olgan o'quv muassasalarida IT-sohaning hozirgi hamda kelajakdagi holatiga bag'ishlangan taqdimot darsini o'tkazishadi. O'quvchilar bugun mehnat bozorida aynan qanday IT-mutaxassislarga ehtiyoj borligi, hamda 10-15 yildan so'ng bu vaziyat qanday o'zgarishi, o'zining IT-biznesini qanday yaratish hamda raqamli hayotga moslashish uchun texnologiyalar haqida nimalarni bilish muhimligi borasida ma`lumot olishadi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 86 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 11.10.2017 | Комментарии (0)

«O'zbektelekom» AK 2017 yil 6 oktabrda e`lon qilingan o'zgarishlar bekor qilinganligini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, ilgari tasdiqlangan, 2016 yil 1 iyulda kiritilgan «Telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi» 125 1/1 sonli preyskurant amal qilishda davom etadi.

Avvalroq, «O'ztelekom» milliy operatori o'z saytida 2017 yilning 20 oktabridan e`tiboran telekommunikatsiyalar universal xizmatlariga yangi narxlar joriy etilayotgani haqida xabar bergandi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 95 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 11.10.2017 | Комментарии (0)

HMD Global joriy yilda Nokia 3, Nokia 5, Nokia 6 va Nokia 8 smartfonlarini ishlab chiqardi. Gap-so'zlarga ko'ra, fin kompaniyasi yangi Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 smartfonlari ustida ishlamoqda. Gizmochina'da kompaniya 2018 yilning boshidayoq yangi qurilmalarni ishlab chiqarishni boshlashiga doir ma`lumot paydo bo'ldi.



Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 haqida qanday ma`lumotlar bor?

Nokia 2 boshlang'ich darajali telefon sifatida taklif etiladi. Nokia 9 esa kompaniyaning yangi dolzarb flagmani bo'ladi. Shuningdek taxminlarga ko'ra, kompaniya Nokia 7 nomi ostidagi byudjyet qurilmani ishlab chiqarish ustida ham ishlamoqda, hozircha uning xususiyatlariga doir ma`lumotlar yo'q.

Nokia 2 smartfoni 5 dyuymli HD-displey, Snapdragon 212 chipseti, 1 Gb operativ xotira, 16 Gb ichki xotira va 400 mAs sig'imli batareyaga ega bo'lida.

Foto: Baidu
Nokia 9, ma`lumotlarga ko'ra, hoshiyasiz moslashuvchan ekran, Snapdragon 835 chipi va ikki ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 92 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

Joriy yil sentabrida Rossiyada yangi yengil avtomobillar savdosi 17,9 foizga o'sdi. Rossiyaliklar bir oyda 148 ming 371 dona mashina xarid qilgan. Ta`kidlanishicha, savdolar hajmi yettinchi oydirki o'sishda davom etmoqda. Eng ommabop modellar reytingida esa Koreyaning Kia Rio sedani Rossiyaning Lada Granta modelini bir necha oydan beri ortda qoldirmoqda. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasining oylik hisobotida so'z yuritilgan.

Unga ko'ra, iyuldan sentabr oyigacha bo'lgan chorak davrda jami 410 mingta mashina sotilgan. Shu bilan ikki yil avvalgi shu chorak natijasini takrorlab, 17,7 foizlik o'sishga erishdi. Umuman kompaniyalar reytingida «AvtoVAZ» birinchi o'rinni saqlab qolmoqda. U bir oyda jami 28,2 ming avtomobil sotishning uddasidan chiqqan. Bu avvalgi ko'rsatkichdan 24 foiz ko'p demakdir. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarda Janubiy Koreyaning ikki kompaniyasi Kia va Hyundai bormoqda.

O'zbekistonning Ravon savdo belgisi ham Rossiya avtobozorida avvalgi yi ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 85 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

IHS Markit tadqiqot agentligi ma`lumotlariga ko'ra, Apple iPhone 7 modeli 2017 yilning birinchi yarmida eng ko'p sotilgan smartfon bo'lgan. Hi-Tech shu haqidagi maqolasi bilan bo'lishdi.

Apple iPhone 7 - 2017 yilning eng ko'p sotilgan smartfoni deya e`tirof etilgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Apple iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy J2 Prime bo'lishib oldi. Apple iPhone 6s to'rtinchi o'rinni egalladi, Samsung Galaxy S8 va Samsung Galaxy S8 Plus esa - beshinchi va oltinchi o'rinlarda.

iPhone 7 barchasidan yaxshi sotilmoqda, biroq iPhone 6s'chalik yaxshi emas

iPhone 7 va iPhone 7 Plus sotuvlar reytingining ilk ikki o'rnidan joy olgan bo'lishiga qaramay, sotilgan birliklar soni o'tgan yili iPhone 6s va iPhone 6s Plus ko'rsatgan natijalardan pastroq bo'lib chiqdi. Uch yil davomida iPhone 6, iPhone 6s va iPhone 7 birinchi yarim yillik sotuvlar reytingini barqaror boshqarib kelgan. Shu bilan birga, har birining bozordagi ulushi barqaror ravishd ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 100 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 09.10.2017 | Комментарии (0)

Microsoft ijrochi direktori Jo Belfiorning ma`lum qilishicha, kompaniya Windows 10 Mobile uchun yangi qurilmalar va yangilanishlarni yaratmaydi. Bu haqda u Twitter’da yozgan.

«Albatta, biz platformani qo'llab-quvvatlashda davom etamiz... Xatolarni to'g'rilab boramiz hamda xavfsizlik tizimlari yangilanishlarini chiqarib boramiz va hokazo, - deya ma`lum qildi Belfior. - Lekin yangi funksiyalar va qurilmalarni chiqarish rejalashtirilmagan».

Shuningdek, uning aytishicha, kompaniya ilovalar ishlab chiquvchilarini jalb qilishga harakat qilmoqda: «Biz ularga pul to'laganmiz, ularning o'rniga ilovalarni yaratganmiz». Biroq, foydalanuvchilar sonining kamligi ko'plab kompaniyalar platformaga sarmoya kiritishni istamasligiga olib keldi.

O'tgan yilning may oyida Microsoft mobil bo'linmalardan 1,8 mingdan ziyod xodimni ishdan bo'shatish niyatida ekanini ma`lum qilgandi. Shu bilan bir vaqtda korporatsiya Lumia smartfonlarini chiqarishdan voz kechdi va bor e`tib ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 92 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 09.10.2017 | Комментарии (0)

1 2 »