Главная » Tehnalogik yangiliklar
99 000 so'm, 80 GB

«TPS» o'z abonentlarini yana hayratlantirdi

«TPS» internet-provayderi «MeNING» tariflar rejasini yangi qatori haqida e`lon qildi, ularning eng asosiy o'ziga xos jihati – chegarasiz internet bo'lib, uning tezligini har bir abonent o'zi sozlashi mumkin.

Avval professionallar tomonidan ishlab chiqilgan va trafikning har bir megabayti yozib qo'yilgan tarif rejalari chetga chiqmoqda. Aynan «MeNING» tariflar qatori bilan foydalanuvchi o'ziga qulay bo'lgan tarif rejasini uz ehtiyojlari va moliyaviy imkoniyatlariga suyangan xolda o'zi yaratishi mumkin.

So'nggi vaqtlarda Internet o'z foydalanuvchilarini to'langan trafik miqdori bilan emas, balki tezligi bilan jalb qilmoqda. Kompaniyaning bunday maqsadi bizni butunlay chegarasiz internetga juda yaqinlashtiradi.

O'zbekistonda bu strategiyaning ochiq namunasiga TPS kompaniyasi aylandi, u «MeNING» tarif rejalarini ishga tushirib, o'z abonentlari haqida qayg'urmoqda. ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 235 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 09.10.2017 | Комментарии (0)

Apple kompaniyasi yangi iPhone X narxini (999-1149 dollar) e`lon qilib, gazetalarning birinchi satrlariga chiqib oldi. Bu narx iPhone'ning qolgan ikki modeli bahosidan (699-799 dollar) ancha qimmat. X narxi alohida e`tiborga loyiq, chunki u 1000 dollarga yaqin va hatto undan ham o'tadi. Narxning to'rt xonali raqam darajasigacha chiqishi xaridorlar oldidagi muhim psixologik to'siqini "sindiradi". HarvardBusinessReview ekspert Rafiy Muhammadning shu haqidagi mulohazalari bilan bo'lishdi.

Nima uchun Apple narx belgilash siyosatini o'zgartirdi va shunday uzoq kutilgan smartfon qiymatini oshirdi? Asosiy sabab shundaki, bunday baland narx xaridorlarda mukammallik obrazini yuzaga keltiradi.

Bunday narx siyosati Eagles musiqiy guruhi muvaffaqiyatli qo'llagan siyosatga o'xshaydi. 1971—1975 yillarda "The Greatest Hits" albomi barcha davrlarning eng xaridorgir albomlari ro'yxatida ikkinchi o'rinni olgan Janubiy Kaliforniyaning mashhur Eagles guruhi 1980 yilda tarqalib ke ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 258 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 09.10.2017 | Комментарии (0)

Kompyuterni televizorga ulash uchun faqatgina mos keluvchi kabelni to'g'ri tanlay bilish kerak. Ayrim hollarda taqsimlovchi talab etiladi. Aqlli televizorlar egalari esa simsiz ham buni uddalay olishadi. Demak quyida 3 holatni batafsil o'rganib chiqamiz.

Kompyuterni televizorga kabel orqali ulash

1. Dastavval, kompyuteringizda signalni uzatish uchun qanaqa signallar borligini aniqlab olish zarur

Buning uchun jihozdagi tirqishlarni ko'zdan kechiring. Bir qarashda portlar turini aniqlay olmasangiz, ularga berilgan izohni kompyuter qo'llanmasidan o'rganing. Qurilma modeliga bog'liq ravishda siz quyidagi ko'rinishdagi tirqishlarni ko'rasiz:

HDMI — raqamli interfeys. U aksariyat zamonaviy kompyuterlarda uchraydi. Audio va videoni ham uzatadi, shu bois multimedia signalini televizorga uzatishga mos keladi.

DVI — bozorda keng tarqalgan yana bir raqamli port. Faqat tovushsiz videoning o'zini uzatadi.

VGA — eng ommabo ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 255 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 07.10.2017 | Комментарии (0)

Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyakning fikricha, odamlar uchun sun`iy idrokning xavfi hali ancha uzoqdadir.

Voznyak sun`iy idrok naqadar xavfli ekani borasidagi o'z fikri o'zgarganini aytib o'tdi.

"Men bu fikrga qo'shilgandim hamda ko'p yillar davomida – Ilon Mask va Stiven Xokingning bayonotlaridan ikki yil avval gapirgandim. Biroq, men o'z fikrimni o'zgartirdim. Menda bu xavf uzoq kelajakda bo'lishi mumkinligiga tegishli mantiqiy sabablar bor. U haqiqatga aylanishi uchun o'nlab, yuzlab yillar o'tishi kerak. Balki, u hech qachon bunday bo'lmas", - deya ma`lum qildi u "Vedomosti" gazetasiga bergan intervyusida.

Voznyakning ta`kidlashicha, xavf haqida ma`lum qilishayotganda, darhol nimadir qilish lozimligini nazarda tutishadi, biroq sun`iy idrok inson aqli darajasidan hali ancha orqada.

"Ular insonlar bergan ma`lum bir qoidalar turkumi bilan nimanidir tezroq qilishi, masalan, o'yinni tezroq o'ynashlari mumkin. Ular inson o'ylab top ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 256 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 06.10.2017 | Комментарии (0)

Pixel 2 telefonini taqdim etib, Google shundoq ham ajoyib smartfonni yanada yaxshiroq qilish mumkinligini ko'rsatib berdi. Yangi telefon asosiy raqobatchilari bilan solishtirilganda nechog'lik yaxshi ekanligini Leyfxaker sayti tahlil qilib chiqdi.

Ichki qismlari bo'yicha Pixel 2 va Pixel 2 XL Apple va Samsung’ning eng yaxshi telefonlaridan aslo qolishmaydi. Google yangi qurilmalarini yuqori samaradorli protsessor Snapdragon 835, takomillashtirilgan displeylar va ehtimolki, smartfonlar bozoridagi eng yaxshi kamera bilan ta`minlagan.

Taassufki, kamchiliklarsiz iz bitmabdi: Apple’ning ketidan bu kompaniya ham quloqliklar uchun an`anaviy tuynukdan voz kechibdi. Pixel 2’ning kichigi ekrani atrofida esa qurollanmagan ko'z bilan gardish ko'zga tashlanadi va buning oqibatida telefon xuddi avval ishlatilgandek taassurot uyg'otadi.

Google’dagilarning umid qilishlaricha, yangi telefonlarning asosiy ustunligi — servislar va dasturiy ta`minotda. Xususan, kompa ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 238 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 06.10.2017 | Комментарии (0)

Beeline aloqa operatori kompaniyaning shaxsiy ofislarida abonentlarning SIM-kartalarini LTE texnologiyasida ishlovchi zamonaviy USIM kartalariga bepul almashtirish imkoni haqida xabar berdi.

«Biz mamlakat aholisining mobil Internetga bo'lgan qiziqishi har kuni o'sib borayotganini kuzatmoqdamiz. 4G tarmog'i bizning abonentlarimizga tarmoq resurslariga eng yuqori tezlikda kirish va xizmatni yanada yaxshilashga imkon beradi», - dedi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

Yangi xizmat bilan abonentlar 4G Internetidan arzon foydalanishlari mumkin. SIM-kartalarni bepul almashtirish bo'yicha xizmat 2017 yilning 31 dekabr kuniga qadar amalga oshiriladi.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 272 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 06.10.2017 | Комментарии (0)

Rossiyalik haydovchilar yapon mashinalarida harakatlanishni afzal ko'rishadi. Bundan "Avtostat" tahlil agentligi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari darak bermoqda.

Rossiyada 25 milliondan ziyod yengil xorijiy mashinalar ro'yxatga olingan, ular orasida "yaponlar" ulushi 37 foizni (9,4 million) tashkil etadi. Ulardan so'ng Koreya avtokonsernlari bor, ularning parki 4,3 mln. avtomobilni (jami sondan 17%) tashkil etadi. Uchinchi o'rinni esa nemis ishlab chiqaruvchilari (4,2 million mashina) egallaydi.

Keyingi pog'onalardan amerikaliklar (3,1 million) va fransuzlar (2,1 million) avtomobili joy olgan. Chexiya va xitoylik markalarga avtomobil parkining 3 va 2 foizi tegishli. Boshqa brendlarning ulushi esa 1,5 foizni tashkil qiladi.

Avvalroq, "Avtostat" boshqa bir tadqiqoti natijalarini e`lon qilgandi. Unga muvofiq, 2017 yilning 1 iyul holati bo'yicha Rossiyadagi eng mashhur xorijiy avtomobilga Ford Focus aylandi. Reytingda ikkinchi o'rinni Toyota ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 219 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 05.10.2017 | Комментарии (0)

Rossiyaning Samara va Leningrad viloyatlarida GM avtomobillari yig'ilishiga doir muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqida 3 oktabr kuni O'zbekiston-Rossiya biznes forumida ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

"Samara va Leningrad viloyatlarida GM Uzbekistan avtomobillarining sanoat yig'ilishini tashkil qilishga doir muzokaralar olib borilmoqda", - dedi O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari Nodir Otajonov.

Shuningdek biznes-forumda ma`lum qilinishicha, og'ir yuk avtomobillarni O'zbekistonda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va "KAMAZ" bosh konveyerida avtotexnikani yig'ish uchun O'zbekistondan komponentlarni yetkazish bo'yicha "KAMAZ" OAJ bilan muzokaralar olib borishga erishilgan. Avtosanoat korxonalari tomonidan UAZ va AvtoVAZ konveyr guruhiga ehtiyot qismlarini yetkazib berish yo'lga qo'yildi.

Chirchiq qishloq xo'jalik texnikasi zavodi bazasida "Rostselmash" kompaniyasi bilan yig'im-terim texnikasini sanoat yig'ish yo'lga qo'yi ... Читать дальше »
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 250 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.10.2017 | Комментарии (0)

Mutaxassislar Samsung kompaniyasi o'zining asosiy raqobatchisi Apple’ning iPhone X smartfonidan qancha daromad olishini hisoblab chiqishdi. Aniqlanishicha, koreys kompaniyasi har bir sotilgan gajyetdan 110 dollar atrofida oladi.

Mutaxassislar iPhone X’da ishlatilgan bo'lishi mumkin bo'lgan Samsung’ning butlovchi qismlari narxini tahlil qilib, shu fikrga kelishgan.

Samsung tomondan ayfon uchun ishlab chiqilgan eng qimmat qism OLED-ekran hisoblanadi. Biroq, tahlilchilar fikricha, Samsung kompaniyasi Apple uchun batareya va kondtsiionerlar ham yaratgan.

"Samsung iPhone X’ning turli qismlari sababli o'zining Galaxy S8 smartfoni detallarini ishlab chiqarishdan 4 mlrd dollar ko'proq ishlab topadi", deyishgan mutaxassislar.
Категория: Tehnalogik yangiliklar | Просмотров: 237 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 03.10.2017 | Комментарии (0)

« 1 2