Главная » 2019 » Январь » 22 » Tez kunda yangi kinokomediya "Super xizmatkor"
19:20
Tez kunda yangi kinokomediya "Super xizmatkor"
Tez kunda yurtimiz kinoteatrlarida yana bir yangi kinokomediyaning premerasi o‘tkaziladi. Kutilayotgan film mahoratli kinorejissyor Ozod Shamsning badiiy rahbarligida, yosh va umidli ijodkor Davron Umarov tomonidan suratga olingan. Filmda Asqar Hikmatov, Lola Pirimqulova, Vazira Yunusova, Muqaddas Holiqova, Matyoqub Matchonov, Zuhra Soliyev va boshqa ko‘pgina aktyor va aktrisalar qatnashishgan. Miriqib dam olishni va kulishni istagan kino ixlosmandlari uchun mazkur film ayni muddao bo‘lsa ajab emas. Shunday ekan, yaqin kunlarda premerani kutib qoling.
Категория: Kino yangiliklari | Просмотров: 37 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: