Главная » 2017 » Октябрь » 10 » Tojikiston delegatsiyasi O'zbekistonga keldi
19:47
Tojikiston delegatsiyasi O'zbekistonga keldi
O'zbekistonda uzoq yillardan beri birinchi marta Tojikiston madaniyat kunlari o'tkaziladi. Bu tadbir 10-14 oktabr kunlarida bo'lib o'tishi belgilangan. Shu munosabat bilan O'zbekistonga kelgan Tojikiston ijodiy delegatsiyasi ushbu kunlarda mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, madaniy meros ob`yektlari va tarixiy obidalariga tashrif uyushtiradi. Qo'shni davlat delegatsiyasi tashrifi doirasida bir qator tadbirlar bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati bergan xabarga ko'ra, tadbirning ilk kunida soat 11:00dan soat 12:00ga qadar O'zbekiston tasviriy san`at galereyasida «Zamonaviy Tojikiston» fotoko'rgazmasi va tojik xalq hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi bo'lib o'tadi.

Shu kunning o'zida soat 19:00dan soat 20:30ga qadar Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik Katta teatrida tantanali ochilish va konsert dasturi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi kuni, soat 16:30dan soat 18:00gacha Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida «Istinnyy polden» filmi namoyishi o'tkaziladi. Kechki dasturdan esa (soat 18:00dan soat 19:30gacha) O'zbekiston davlat konservatoriyasida o'tkaziladigan Tojikiston san`at ustalarining konserti o'rin olgan.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 50 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: