Главная » 2017 » Октябрь » 22 » Xitoy 6 yildan so'ng 5G tarmog'i bo'yicha dunyo yetakchisiga aylanadi
12:12
Xitoy 6 yildan so'ng 5G tarmog'i bo'yicha dunyo yetakchisiga aylanadi
2023 yilga kelib dunyoda milliarddan ziyod 5G foydalanuvchisi bo'ladi. Shu bilan birga, ularning yarmidan ko'pi Xitoyda yashaydi. CCS Insight tadqiqot kompaniyasi ma`lumotlariga ko'ra, aynan Xitoy yangi mobil aloqasi standartini joriy etish uchun asosiy sinov «poligoni»ga aylanadi, deb xabar bermoqda CNBC.

«Xitoy 5G tarmog'ida hukumatning sa`y-harakatlari va mahalliy Huawei kompaniyasi smartfonlarining sotuvlari oshishi, juda ajoyib tezlik tufayli yetakchiga aylanadi. Mamlakat rasmiylari XXR yangi texnologiyalarning rivojlanishi bo'yicha global trendga boshchilik qilishini xohlashmoqda. Xitoylik foydalanuvchilarning deyarli barchasi hozirda 4G standartiga o'tgan», - deya aytib o'tdi Marina Koycheva, CCS Insight’ning prognozlash bo'yicha vitse-prezidenti.

Kompaniya tahlilchilarining taxminiga ko'ra, yangi mobil aloqa standartiga global o'tish 2020 yilda boshlanadi. 2023 yilga kelib, 5G tarmog'idan butun dunyo bo'ylab bir milliarddan ortiq odam foydalanadi. 2025 yilda esa yangi standartning abonentlari soni 2,5 milliarddan oshadi.

Aytgancha, bu hafta Qualcomm kompaniyasi mobil qurilmada 5G standartiga birinchi sinov ulanishini namoyish etdi. Tajriba davomida erishilgan natija foydalanuvchilarga ma`lumotlarni 1 Gbit / s tezlikda yuklash imkonini beradi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu 12 soniyada 2 soatlik HD shakldagi filmni yuklab olish degani. Qualcomm’ning xabar berishicha, u 28 GGts millimetrli diapazonda ishlovchi Snapdragon X50 NR modem chipini qo'llagan.

Biroq 5G’ni joriy etish yo'lida hali ko'p to'siqlarni yengib o'tish kerak. Misol uchun, mutaxassislar ma`lumotlariga ko'ra, 28 gigagersli radiochastotada ovozli signallarini uzatish sifati abonentlar o'rtasidagi masofa bir necha kilometrga oshsa, sezilarli darajada yomonlashadi. Boshqa to'siqlar ham mavjud: ko'plab bazaviy signal uzatish stansiyalarini joylashtirish, Yevropa kabi jahon mintaqalarida mobil aloqa bozorining parchalanishi, shuningdek tartibga soluvchi idoralarning harakatlari.

Eslatib o'tamiz, sentabr oyi oxirida Ericsson va Intel kompaniyalari Xitoy hududida 5G tarmog'ining birinchi keng ko'lamli sinovlarini o'tkazdi. Sinovlar Pekinda 3,5 gigagersli chastotalar diapazonida amalga oshirildi.
Категория: Mahalliy Yangiliklar | Просмотров: 79 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: